Adele Neuhauser

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Adele Neuhauser
Tavalludi 17-yanvar 1959-yil (1959-01-17) (65 yosh)
Fuqaroligi Avstriya bayrogʻi Avstriya
Kasbi aktrisa
Mukofotlari Romy

Adele Neuhauser (talaffuzi: Adel Noyxauzer; 1959-yil 17-yanvar, Afina, Gretsiya) — avstriyalik teatr va kino aktrisasi[1], Avstriya kino akademiyasi (nemischa: Akademie des Österreichischen Films) aʼzosi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Neuhauser 1959-yil 17-yanvarda Afinada tugʻilgan[1]. Toʻrt yoshida oilasi bilan Gretsiyadan Avstriyaga koʻchib oʻtgan va Vena shahrida yashay boshlashgan. Ota-onasi ajrashganida, otasi Georg bilan birga yashashga qoladi. Oʻn yoshida oʻz joniga suiqasd qilib, bilak tomirlarini kesib tashlaydi, keyin oilasidan qochib ketib, yana bir necha bor oʻz joniga qasd qilishga uringan.

Neuhauser yoshligida aktrisa boʻlishni xohlagan. 1976-yildan 1978-yilgacha Krauss teatr bilim yurtida (nemischa: Schauspielschule Krauss) tahsil olgan. Yigirma yoshida aktrisa Germaniyaga koʻchib oʻtadi va Myunster, Essen, Mayns va baʼzan Venadagi teatr sahnalarida chiqish qila boshlaydi. Shu bilan birga filmlarda va televideniyeda rol oʻynaydi. 2008-yilda aktrisa Reinke shishi (nemischa: Reinke-Ödem) va uning keyingi asoratlari sababli ovoz paychalarining jarrohlik amaliyotini oʻtkazgan.

Adele Romy mukofoti bilan, 2012-yil

2011-yildan hozirgi kunga qadar aktrisa Avstriyaning ORF kanalida „Tatort“ teleserialida oʻynamoqda[2] 2014-yildan oʻgʻli, gitarachi Julian Pajzs bilan birgalikda "Die letzten ihrer Art" adabiy-musiqiy postanovkada ishtirok etib kelmoqda.

Adele jamoat ishlari bilan ham shugʻullanadi, Plan International Deutschland tashkilotida bolalarga yordam berishda ishtirok etib kelmoqda hamda tashkilotning vasiylik kengashi aʼzosi hamdir. 2016-yilda Tatort teleseriali ishtirokchilari bilan birgalikda Weißer Ring assotsiatsiyasining xayriya yubiley kampaniyasida ishtirok etadi[3].

Bir necha marta Romy mukofotiga sazovor boʻlgan: 2012, 2013 va 2014-yillarda serialdagi eng mashhur ijrochi sifatida; 2016 va 2017-yillarda eng mashhur aktrisa sifatida.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eri, aktyor va rejissyor Zoltan Paul ajrashganidan soʻng, oʻgʻli Julian (jaz musiqachisi, gitarachi, Graz musiqa va teatr universitetini (nemischa: Universität für Musik und darstellende Kunst Graz) tamomlagan) bilan Venada yashaydi.

Aktrisaning bobosi va buvisi rassomlar boʻlishgan boʻlib, bobosi Venadagi Rassomlar uyida sgraffito yaratgan, buvisi Vena ustaxonalarida ishlagan. Akasi Piter Markvant ham ularning izidan borib, rassom boʻlgan.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2016-yil: „Tator: Die Kunst des Krieges“[4][5]
  • 2009-yil: „Desert Flower“
  • 2009-yil: „Polizeiruf 110“
  • 2006-yil: „Wo ist Fred?“
  • 2003-yil: „Schulmädchen“
  • 2003-yil: „Die Rosenheim-Cops“
  • 2008-2011: „Doctor’s Diary — Männer sind die beste Medizin“

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Adele Neuhauser“. 2019-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-may.
  2. Frank Rauscher, Teleschau-Mediendienst: Adele Neuhauser. — Kommissarin an der Wand. Interview anlässlich Tatort: Ausgelöscht am 29. Mai 2011. In: tatort-fundus.de. Abgerufen am 14. Juni 2011.
  3. „Adele Neuhauser: «Opfer nicht alleine lassen»“. 2019-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-may.
  4. „"Tatort"-Kritikerspiegel: Zuhälterschlümpfe mit Nasenbluten“ (de). ZEITMagazin (2016-yil 3-sentyabr). 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-avgust.
  5. Kuschel, Sven. „„TATORT“-INSPEKTOR BEANTWORTET DIE WICHTIGSTEN FRAGEN: Was steht im Buch „Die Kunst des Krieges“?“ (de). Bild (2016-yil 4-sentyabr). 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-avgust.