Adilson (1976-yilda tug‘ilgan)
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Adilson dos Santos | ||
Tavallud sanasi | 12-may 1976-yil | ||
Tavallud joyi | Aracaju, Sergipe, Braziliya | ||
Boʻyi | 1.82 m | ||
Ampluasi | chap qanot himoyachisi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | FC Seoul (murabbiy yordamchisi) | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1997 | Apucarana | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1997–1998 | Paraná Clube | ||
1998–1999 | Red Star Belgrade | 12 | (0) |
2000 | Real Betis | 0 | (0) |
2000 | Sevilla | 0 | (0) |
2000 | → Dalian Shide | 25 | (4) |
2001–2005 | Dalian Shide | 119 | (4) |
2006–2013 | FC Seoul | 226 | (15) |
Boshqargan klublari | |||
2014– | FC Seoul (murabbiy yordamchisi) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Adilson dos Santos (1976-yil 12-may, Aracaju, Sergipe, Braziliya) – Adi yoki Adilson, Janubiy Koreyaning K League Classic tarkibidagi FC Seoul klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan sobiq braziliyalik futbolchi. Adilson Seulda shunchalik yaxshi taassurot qoldirganki, futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng ham klubda murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat yuritdi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adilson oʻzining professional faoliyatini Apucarana Atletico Clube safida boshlagan va 1998-yilga kelib u Parana shtati chempionatining eng yaxshi himoyachisi deb hisoblangan.
Keyingi yil Adilson Serbiyaning Red Star Belgrade klubiga oʻtdi va 1998—1999 yilgi mavsumda Yugoslaviya Federativ Respublikasining Oliy ligasida 11 ta oʻyinda maydonga tushdi.
1999-yilda Adilson Real Betis klubi bilan shartnoma imzoladi, lekin birorta rasmiy uchrashuv oʻtkazmasdan Sevilya klubiga oʻtdi. Biroq, Sevilya klubi transfer haqini toʻlash uchun yetarli mablagʻga ega boʻlmaganligi sababli Real Betis Sevilyaga qarshi shikoyat kiritdi, lekin Adilsonga Sevilya klubida safida oʻynashga ruxsat berilmadi. Toʻlov masalasi hal etilganidan soʻng ham, Adilson Sevilya safida oʻynamadi chunki u juda yosh oʻyinchi deb topilgani va klub quyi ligaga tushib ketush xavfi ostida edi. Natijada, Adilson klubning B jamoasida tarkibida oʻynashga majbur boʻldi.
2001-yilda Adilson Xitoyning ulkan klubi Dalian Shidega oʻtdi. Adilson bu klubda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Adilson bir marta Osiyo chempioni, toʻrt marta Xitoy chempioni, shuningdek, ikki marta Xitoy Kubogi gʻolibi boʻldi.
Adilson 2006-yilning mart oyida Janubiy Koreyaning K League Classic chempionatida ishtirok etuvchi Seul FK klubiga oʻtdi[1].
Adilson 2007, 2008 va 2010-yillarda K-Liganing eng yaxshi oʻn ta futbolchisi tarkibiga kiritilgan. Adilson bir qator ajoyib natijalardan soʻng K-Liganing eng sara himoyachisi sifatida eʼtirof etildi.
Adilson 2014-yilning 29-yanvarida FC Seoul klubida futbolchilik faoliyatini yakunladi va shu klubga murabbiy yordamchisi etib tayinlandi[2][3].
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yil 3-dekabr holatiga koʻra
Klub | Mavsum | K League Classic | KFA kubogi | Liga kubogi | Qitʼaviy | Umumiy | ||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Isht | Gol | Assist | Isht | Gol | Assist | isht | Gol | Assist | Isht | Gol | Assist | Isht | Gol | Assist | ||
FC Seul | 2006 | 25 | 1 | 0 | 0 | 0 | – | 9 | 0 | 2 | – | – | – | 34 | 1 | 2 |
2007 | 24 | 1 | 0 | 3 | 0 | – | 12 | 1 | 1 | – | – | – | 39 | 2 | 1 | |
2008 | 28 | 3 | 1 | 1 | 0 | – | 6 | 0 | 0 | – | – | – | 35 | 3 | 1 | |
2009 | 24 | 2 | 1 | 1 | 0 | – | 4 | 1 | 0 | 9 | 0 | – | 38 | 3 | 1 | |
2010 | 24 | 4 | 0 | 2 | 0 | – | 7 | 1 | 1 | – | – | – | 33 | 5 | 1 | |
2011 | 30 | 0 | 1 | 3 | 1 | – | 0 | 0 | 0 | 9 | 0 | – | 41 | 1 | 1 | |
2012 | 38 | 1 | 3 | 1 | 0 | – | – | – | – | – | 39 | 1 | 3 | |||
2013 | 33 | 3 | 2 | 1 | 0 | – | – | 11 | 1 | – | 45 | 4 | 2 | |||
FC Seul tarkibida jami | 226 | 15 | 8 | 12 | 1 | – | 38 | 3 | 4 | 29 | 1 | – | 305 | 20 | 12 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Paraná klubi
- Paranaense chempionatining gʻolibi: 1997
- Red Star Belgrade
- FR Yugoslaviya kubogi gʻolibi: 1998-99
- Dalian Shide
- Xitoy Jia-A ligasi gʻoliblari (3): 2000, 2001, 2002
- Xitoy Super Ligasining gʻoliblari (1): 2005[4]
- Xitoy FA kubokining gʻoliblari (2): 2001, 2005[4]
- Xitoy futbolining Superkubok gʻoliblari (2): 2000, 2002
- AFC Osiyo kubogi egalari kubogi 2-oʻrin: 2000—2001
- FC Seul
- K-liganing gʻoliblari (2): 2010, 2012
- K Liga 2-oʻrin (1): 2008
- Ligada kubok gʻoliblari (2): 2006, 2010
- Ligiya kubogi 2-oʻrin (1): 2007
- AFC chempionlar ligasi 2-oʻrin(1): 2013
Shaxsiy
[tahrir | manbasini tahrirlash]- K Liga eng yaxshi XI (5): 2007, 2008, 2010, 2012, 2013
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „FC 서울, 브라질 MF '아디'영입“ (ko). FC Seoul.com (2006-yil 7-mart). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-sentyabr.
- ↑ „FC서울 레전드 아디, 코치로서 제2의 인생“ (ko). Sports Chosun (2014-yil 29-yanvar). 2014-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-sentyabr.
- ↑ „코치 아디, "영원한 FC서울의 남자로 남고 싶었다"“ (ko). MK Sports (2014-yil 12-fevral).
- ↑ 4,0 4,1 „足协杯-实德1-0绝杀鲁能 历史第二次成为双冠王“ (zh). sports.sina.com.cn (2005-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 22-avgust.
- 12-mayda tugʻilganlar
- 1976-yilda tugʻilganlar
- Janubiy Koreyadagi chet ellik erkak futbolchilari
- Xitoydagi chet ellik erkak futbolchilari
- Ispaniyadagi chet ellik erkak futbolchilari
- K liga 1 futbolchilari
- Xitoy Superligasi futbolchilari
- FC Seoul futbolchilari
- Dalian Shide F.C. futbolchilari
- Sevilla FC futbolchilari
- Real Betis futbolchilari
- Braziliyalik chet elda oʻynaydigan erkak futbolchilari
- Braziliyalik erkak futbolchilar
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Yashayotgan insonlar