Afgʻoniston islomiy partiyasi (Yunus Xolis)
Afgʻoniston islomiy partiyasi (Xolis islomiy partiyasi) حزب اسلامی خالص | |
---|---|
Yetakchi | Din Muhammad |
Asoschisi | Muhammad Yunus Xolis |
Ajralib chiqqan | Afgʻoniston islomiy partiyasi |
Ideologiyasi |
Islom fundamentalizmi, qabilachilik, pushtunvali |
Diniy mansublik | Islom, sunniylik |
Afgʻoniston islomiy partiyasi (Yunus Xolis partiyasi, Xolis islomiy partiyasi) (pushtucha: حزب اسلامی خالص; Hezb-e Islami Khalis) — Afgʻonistondagi siyosiy partiya. 1979-yilda Muhammad Yunus Xolis tomonidan Gulbiddin Hikmatyor boshchiligidagi Afgʻoniston islomiy partiyasidan ajratib olingan va oʻz qarshilik harakatini boshlagan.
Afgʻoniston fuqarolar urushidagi ishtiroki
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yunus Xolis partiyasi Afgʻonistondagi sovetlarga qarshi kurashgan „Peshovar yettiligi“ ittifoqi tarkibiga kirgan. Uning mashhur qoʻmondonlari orasida Abdulhaq Amiriy, Amin Vardak, Jaloliddin Haqqoniy, va „Tolibon“ harakatining asoschisi Mulla Umarlar boʻlgan.
1992-yil fuqarolar urushida mujohidlar gʻalabasi va Afgʻonistonda kommunistik tuzumning qulashi ortidan Xolis partiyasi Afgʻoniston Islom Davlati hukumatining Islomiy koalitsiyasi tarkibiga kirgan. Afgʻonistonda toliblar bosh koʻtargach Yunus Xolis va uning partiyasi „Tolibon“ harakati bilan qoʻshilib ketgan. 2001-yil „Tolibon“ hokimiyati barham topgach Yunus Xolis Afgʻonistonda yashirinib yurgan va amerika harbiylariga qarshi urush ochgan. Yunus Xolis 2006-yil 20-iyul kuni vafot etgan[1].
Yunus Xolis vafotidan keyin
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yil Yunus Xolis vafot etgach uning oʻgʻli, „Tolibon“ harakatining rasmiy vakili Anvar al-Haq Mujohid va Kobul gubernatori Azizulloh Din Muhammad oʻrtasida partiyaga yetakchilik qilish borasida raqobat kuchayib ketadi. 2014-yilgi Afgʻonistondagi prezidentlik saylovida Azizulloh Din Muhammad shu partiya nomidan Ashraf Gʻanini qoʻllab-quvvatlagan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „در بيانيه ای که از سوی پسر مولوی خالص در اختيار رسانه های پاکستان قرار داده شده آمد است که مولوی يونس خالص روز 19 ژوييه درگذشته است. اما در اين بيانيه به محل درگذشت آقای خالص اشاره ای نشده است.“. 2021-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-aprel.
- ↑ „آوا پرس | اخبار لحظه ای افغانستان“. 2021-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-aprel.