Xuddamul Furqon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xuddamul Furqon
خدام الفرقان
Yetakchi Muhammad Ismoil Mojadidiy
Tashkil etilgan 1966-yil
Tugatilgan sana 1979-yil (boshqa bir harakat bilan birlashib ketgan)
Birlashgan Afgʻoniston islomiy inqilobi harakati
Ideologiyasi islomchilik, aksilkommunistlik

Xuddamul Furqon (pushtucha: خدام الفرقان) — Afgʻonistonda 1966-yilda tuzilgan siyosiy partiya[1]. Partiya lideri Muhammad Ismoil Mojadidiy hisoblangan. Partiya islomchilik va aksilkommunistlik gʻoyalarini ilgari surgan. Xuddamul Furqon kommunistik va maoistik gʻoyalar asosida tuzilgan partiyalarga qarshi chiqqan Afgʻonistonning birinchi partiyasi hisoblanadi. Partiya aʼzolarining asosiy qismini ziyoli qatlam tashkil etgan. Partiya lideri musulmonlar orasida ancha obroʻli kishi boʻlgan[2][3]. Xuddamul Furqon partiyasining „Haqiqat ovozi“ nomli gazetasi boʻlgan.

Tugatilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1979-yilda Mojadidiy va uning oilasi Afgʻoniston demokratik respublikasi hukumati tomonidan hibsga olinadi (ularning taqdiri nomaʼlum). Mojadidiyning qamalishi ortidan Xuddamul Furqon partiyasi Afgʻoniston islomiy inqilobi harakatiga qoʻshilib ketadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Chris Sands, Fazelminallah Qazizai. Night Letters: Gulbuddin Hekmatyar and the Afghan Islamists Who Changed the World. Oxford University Press, 2019. ISBN 978-1-78738-196-4. 
  2. „Khuddamul Furqan“. www.spectroom.com. Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.
  3. Dr M. Halim Tanwir. Afghanistan: History, Diplomacy and Journalism. Xlibris Corporation, 2013-02-22. ISBN 978-1-4797-9739-4.