Aglio va olio spagettisi
Sarimsoq, yogʻ va chilli qalampir qoʻshilgan spagetti | |
Asosiy komponentlari | Spagetti, Zaytun moyi, Sarimsoq, Petrushka va chili |
---|
Aglio va olio spagettisi (italyancha: Spaghetti aglio e olio) — bu Neapolitan oshxonasining anʻanaviy taomi boʻlib, (baʼzi manbalarga koʻra, u Abruzzi mintaqasidan kelib chiqqan[1]) sarimsoq (aglio) va zaytun moyi (olio), makaron mahsulotlaridan tayyorlanadi[2].
Taomni tayyorlash uchun sarimsoq (butun, toʻgʻralgan, ezgʻilangan yoki maydalangan koʻrinishida) zaytun moyida qovuriladi. Baʻzida issiq qizil qalampir yormalari ham qoʻshiladi, bu holda pasta spagetti aglio, olio e peperoncino deb ataladi. Shundan soʻng tovaga toʻliq pishib yetilmagan spagetti solinib, " al dente " bosqichiga keltiriladi. Qoidaga koʻra, taomga petrushka, shuningdek pishloq (parmesan yoki pecorino) qoʻshiladi. Aslida original retseptda pishloq solish koʻzda tutilmagan. (baʻzi oshpaz mutaxassislar uni qoʻshish boshqa taomning tayyorlanishiga olib keladi deb hisoblashadi[3]). Koʻpincha maydalangan kreker yoki non urvoqlari ham qoʻshiladi. Pishirish yakuniga yetay deganda limon sharbati va limon poʻstlogʻini qirgʻichdan chiqarib solish mumkin[4].
Spaghetti aglio, olio e peperoncino Italiyaning (xususan, Milanning) 70-80-yillardagi gullagan davrining ramzidir, degan fikr mavjud[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Моя любимая паста: aglio, olio e peperoncino“. Вся Соль - кулинарный блог Ольги Баклановой (2012-yil 10-may). Qaraldi: 2020-yil 28-fevral.
- ↑ Виталий Задворный, Иван Лупандин. Италия. История гастрономии от Лукулла до наших дней. Litres, 2017-09-05. ISBN 978-5-457-65982-7.
- ↑ „Паста Алио Олио Пеперончино Домашние рецепты“. yourmeal.ru. Qaraldi: 2020-yil 28-fevral.
- ↑ По чесноку: Алексей Зимин о спагетти алио-олио // Коммерсантъ.
- ↑ „Рецепты шефов: Spaghetti Aglio, Olio e Peperoncino“. The Village (2012-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 9-dekabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Zanini De Vita, Oretta; Fant, Maureen B.. Sauces & Shapes: Pasta the Italian Way. New York: W. W. Norton & Company, 2013. ISBN 978-0-393-08243-2.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Aglio va olio spagettisi haqida turkum mavjud |