Ahmad Ifrankadiy
Ahmad Ifrankadiy (arabcha: احمد الافرنكادي — Ahmad ibn Abdulvohid ibn Mansur ibn Nasr ibn Mutayin Ifrankadiy) — Muhaddis, roviy va faqih.
Ahmad Ifrankadiy muhaddis, faqihi, roviy va fozil kishi boʻlgan. U XI asrning oxiri, XII asrning boshlarida „Ifrankad“ qishlogʻida muftiylik qilgan. Shu bilan birga qishloq ahliga fiqh — islom shariatidan saboq bergan. Ahmad Ifrankadiy nafaqat fiqh borasida, balki hadis rivoyat qilish boʻyicha ham ishonchli roviy boʻlgan.
Ustozi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ahmad Ifrankadiy hadis ilmi sir-asrorlarin ustozi Muhammad ibn Ahmad Humayjakasiydan oʻrgangan va hadis rivoyat qilgan.
Shogirdi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ahmad Ifrankadiy tarixchi, faqih, mutakallim, tilshunos, muhaddis, mufassir Abu Hafs Najmiddin Umar Nasafiy (1069-1142 y.)ga ustozlik qilgan. Kezi kelganda Abu Hafs Najmiddin Umar Nasafiydan hadislar rivoyat qilgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ahmad Ifrankadiy hijriy yil hisobida 527 yil shaʼbon oyi, milodiy 1133-yil iyun oyida vafot etgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Abu Saʼd Abdulkarim Samʼoniy. Al-Ansob. J.9. — Bayrut. Doru-l-fikr, 1998. 285.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. 65.