Kontent qismiga oʻtish

Ahmad al-Marvaziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmad al-Marvaziy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti hijriy 275-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi hanbaliy mazhabidagi faqih va muhaddis

Ahmad ibn Muhammad ibn al-Hajjoj al-Marvaziy (Abu Bakr) – hanbaliy mazhabidagi faqih va muhaddis bo‘lgan. Xudojo‘y va fozilligi uchun Ahmad ibn Hanbal bilan muloqotlarda bo‘lgan va uning eng yaqin safdoshlaridan hisoblangan. Ahmad ibn Hanbal unga yaxshi munosabatda bo‘lar va o‘ziga yaqin tutar edi. Ahmad ibn Hanbal vafot etganda, uni ko‘mish ishlarini bo‘yniga olgan va uni o‘zi yuvgan. U Ahmad ibn Hanbaldan ko‘plab masalalar va hadislarni rivoyat qilgan.

Ahmad al-Marvaziy Bag‘dodda hijriy 275-yilning jumodulavval oyida vafot etgan[1].

  • „as-Sunan bi-shavohidi-l-hadis“ („Hadislar dalil bo‘lgan sunnatlar“)
  • „Axboru-sh-shuyux va axloqihum“ („Roviylar va ularning axloqlari haqida maʼlumotlar kitobi“)
  • „Kitobu-l-varaʼ“ („Varaʼ kitobi“)
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 53-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.