Kontent qismiga oʻtish

Ahmad bin Vahab

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ahmad bin Vahab (vaf. 883) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abu Jaʼfar. Bas­ralik shayxlardan. Bagʻdodga safar qilib, bir muddat Shuniziya masjidida tavakkul bilan ibodat qilgan. Abu Hotam Attor bilan suhbatda boʻlgan. Abu Yaʼqub Zayyotning piri. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].

  1. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”. 
  2. “Nasoyim ul-muhabbat”.