Ahmad ibn Muhammad Shiyrakasiy
Qiyofa
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Ahmad ibn Muhammad Shiyrakasiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis |
Ahmad ibn Muhammad Shiyrakasiy (arabcha: أحمد ابن محمد الشيركسي — Ahmad ibn Muhammad Shiyrakasiy – Toʻliq ismi Abu Muhammad Ahmad ibn Muhammad ibn Iso ibn Said ibn Ibrohim ibn Yusuf Shiyrakasiydir) — muhaddis.
Ahmad ibn Muhammad Shiyrakasiy koʻplab hadislar rivoyat qilgan muhaddis. Sam'oniyning “Al-ansob” asarida Fiyjakasiy nisbasi bilan ham kelgan. “Fiyjakas” Nasaf qishloqlaridan biri boʻlgan. Ahmad ibn Muhammad Shiyrakasiy Abu Muhammad Jaʼfar ibn Muhammad Tubniydan hadis rivoyat qilgan. Mavjud manbalarda allomaning biror mansab egasi boʻlgani, hattoki tavallud yoki vafot etgani haqida birorta ham maʼlumot keltirilmagan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. – Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. – B. 799.
- As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Bayrut: Dor al-fikr, 1998.