Kontent qismiga oʻtish

Ai se eu te pego!

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Ai se eu te pego!“
Os Meninos de Seu Zeh qoʻshigʻi
Yozilgan sanasi 2008
Chiqarilgan sanasi 2008
Janr Sertanejo
Matn muallif(lar)i Sharon Acioly, Antônio Dyggs, Aline da Fonseca, Amanda Teixeira, Karine Assis Vinagre [1]

Ai se eu te pego!“ 2008-yili Sharon Acioly va Antônio Dyggs tomonidan yozilgan qoʻshiqdir.[2] Ashula nomi portugalchadan „Oh agar seni tutsam!“ deb oʻgiriladi.[3] U keyinchalik Cangaia de Jegue, Garota Safada, Arreio de Ouro, Estakazero, Forró Sacode va Saia Rodada kabi braziliyalik guruhlar tomonidan qayta ijro etilgan. 2011-yili qoʻshiq Michel Teló tomonidan kuylanib, xalqaro hitga aylandi. Teló shuningdek uning „Oh, If I Catch You!“ nomli inglizcha tarjimasini ham chiqardi. Bundan soʻng ashulani Inna, Pitbull va LMFAO ham ijro etishdi.

Ulugʻbek Rahmatullayevning „Qizlar Ismi“ nomli ashulasi „Ai se eu te pego!“ musiqasiga asoslangan.