Kontent qismiga oʻtish

Ajam

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ajam (arab. عَجَم – arab emas) – arablardan boshqa Sharq xalqlarining umumiy nomi. Shuningdek, arablar yashaydigan Sharq mamlakatlari, xususan, Turon, Eron ham „Mulki ajam“ deb yuritilgan. Bu yerlardan yetishib chiqqan olimlar „ajamiy“ deb atalgan. Keyinchalik ajam nomi faqat eronliklarga nisbatan qoʻllangan, Eronni esa, Ajam yoxud Ajamiston deb ataganlar. 2) Oʻrta asr „oʻn ikki maqom“ tizimidagi shuba. Musiqa risolalarida ajam Rahoviy maqomi, Bayoti Ajam – Navo maqomi, Navroʻzi Ajam – Hijoz maqomi shu’balari sifatida qayd etilgani maʼlum. 3) Oʻzbek, tojik, uygʻur va boshqa Sharq xalqlari mumtoz musiqa merosida mavjud cholgʻu va ashula asarlari. Jumladan, Shashmaqom turkumining Segoh maqomi cholgʻu boʻlimida Muhammasi Ajam qismi, ashula boʻlimida Navroʻzi Ajam shu’basi, Xorazm maqomlari turkumining Segoh maqomi ashula boʻlimida Nasri Ajam shu’basi, shuningdek Toshkent – Fargʻona maqom yoʻllari qatorida Navroʻzi Ajam kuyi, toʻrt qismli Ajam va uning taronalari cholgʻu turkumi va boshqa [1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil