Ajdodlar chorlovi: Buyuk Turon
„Ajdodlar chorlovi: Buyuk Turon“ (Зов предков: Великий Туран) | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Gʻiyos Shermuhamedov |
Ssenariynavis(lar) | Dmitriy Vasiliu va Gʻiyos Shermuhamedov |
Rollarda | Bekzod Muhammadkarimov, Fotima Rejametova, Shuhrat Irgashev, Mahmud Esambaev, Muhammad-Ali Mahmadov |
Bastakor(lar) | Feliks Yanov-Yanovskiy |
Studiya(lar) | „Merosfilm (Meros)“ |
Chiqarilgan sanasi | 1994 |
Mamlakat | |
Til | ruscha |
Keyingi film | Ajdodlar chorlovi: Soʻgʻdiyona |
„Ajdodlar chorlovi: Buyuk Turon“ — Oʻzbekiston va Jazoir hamkorligida, rejissor Gʻiyos Shermuhamedov tomonidan suratga olingan „Ajdodlar chorlovi“ tarixiy filmning birinchi qismidir. SSSR xalq artisti, Sosialistik Mehnat Qahramoni Mahmud Esamboyevning soʻnggi kino asari hisoblanadi[1][2][3][4].
Yaratilish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]SSSR parchalanganidan keyin 90-yillarda “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi 10 yilga yaqin vaqt davomida faoliyati toʻxtatib qoʻyilgandi. Biroq rejissor Gʻiyos Shermuhamedov buning uchun 1992-yilda oʻzining “Merosfilm” (Meros) kinostudiyasini tashkil etdi. U suratga olish uchun homiylar qidirdi, banklardan kredit oldi. Keyin esa Markaziy Osiyoda davlatchilikning shakllanishi, u yerda islom dinining yoyila boshlagani haqida hikoya qiluvchi “Ajdodlar chorlovi” tarixiy dilogiyasini suratga olishni boshladi. Rejissor tarixchi va olimlar bilan hamkorlikda ssenariy ustida ishladi, koʻplab tarixiy arxiv hujjatlarini qayta koʻrib chiqdi. U Jazoirdan homiy topdi, u yerda Oʻzbekistondan tashqari mazkur film ham suratga olingan. “Buyuk Turon” dilogiyasining birinchi filmi, soʻng “Soʻgʻdiyona” dilogiyasining ikkinchi filmi 1995-yilda chiqdi[5].
Filmning qisqacha mazmuni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filmda oʻsha davrning uchta buyuk davlati – VI asrda[6] Turk xoqonligi, Vizantiya hukmronligi va Fors Sosoniylar davlati haqida soʻz boradi. Bu voqea taqdir taqozosi bilan uch buyuk davlat manfaatlari yoʻlida turgan soʻgʻdlik savdogar Zemarx nomidan hikoya qilinadi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bekzod Muhammadkarimov - Bektuzun / Turksanf (egizaklar, Istam-hoqon oʻgʻillari)
- Fotima Rejametova - Enasoy
- Shuhrat Irgashev - Zemarx[7] (rivoyatchi, VI asr soʻgʻd savdogari)
- Mahmud Esambaev - Bilge-Ool
- Muhammad-Ali Mahmadov - Xusrav
- Karima Yahyavi - Shahribonu
- Igor Dmitriyev - Valentin
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Чародей танца Махмуд Эсамбаев. ЖЗЛ » ИА Чеченинфо
- ↑ Киноклуб "Феникс" -> Зов предков.Великий Туран / 1994г
- ↑ Махмуд Эсамбаев - Бог Танца
- ↑ Oritan - Шаман Танца Махмуд Эсамбаев
- ↑ „Потомки оценят“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
- ↑ „Фильм «Зов предков. Великий Туран», 1995 г., режиссёр Гияс Шермухамедов: описание, фото, отзывы и рецензии — вся информация о фильме на RUSKINO.RU“. 8-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.
- ↑ Иргашев Шухрат - Российские и советские актеры