Kontent qismiga oʻtish

Ajriq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ajriq
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Oila: Bugʻdoydoshlar

Ajriq (Cynodon dactylon (L.) Pers.) — boshoqdoshlarga mansub koʻp yillik ildizpoyali begona oʻt. Barglari lentasimon, dagʻal, chetlari oʻtkir-gʻidirish. 3-8 boshoqsimon shoxchalardan iborat toʻpguli poya uchida joylashgan. Mevasi— doncha. Iyundan to kech kuzgacha gullab meva tugadi. Asosan ildizpoyasi, qisman urugʻi yordamida (urugʻi koʻpincha chang Qorakuya kasalligi bilan zararlanadi) koʻpayadi. Yer osti ildizpoyalari gorizontal yoki qiyshiq joylashgan novdalar hosil qiladi. Bu novda boʻgʻimlaridan yer ustiga oʻsimtalar oʻsib chiqadi. Shuningdek, yer ustiga chiqqan novda boʻgʻimlarida ildiz rivojlanadi va barg qoʻltigʻidan gul beruvchi poya oʻsadi. Oʻzbekistonda ajriq hamma yerda tarqalgan. Juda koʻp ekinzorlar orasida oʻsib, tuproqdagi oziq moddalarni kuchli soʻradi va yerni oriqlatadi. Kurash choralari: hosili yigʻib olingan yerni haydash, maxsus taroqlagich yoki tishli borona yordamida ildizpoyalarni yigʻib olish; dalalarga dalapon (40-50 kg/ga) sepish. Preparat purkalgandan soʻng dala boronalanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil