Akustik rezonator
Akustik rezonator (Gelmgols rezonatori) — kichik tirqish yoki naycha orqali tashqi muhit bilan tutashgan idish. Past takroriylikli (chastotali) tebranishlarni oʻz oʻlchamlaridan ancha katta masofaga tarqatadi. Gelmgols va Reley nazariyalariga koʻra, Akustik rezonatorni bitta erkinlik darajali tebranish tizimi deb qarash mumkin. Masalani soddalashtirib qaraganda barcha kinetik energiya rezonator boʻgʻzida harakatlanuvchi havo qatlamida toʻplangan, potensial energiya esa idish ichidagi havoning elastik deformatsiyasiga bogʻliq deyish mumkin. Bu holda akustik rezonator ning xususiy takroriyligi idish va idish boʻgʻzining shakliga bogʻliq boʻlmaydi. Agar akustik rezonator Gʻ takroriyligi boʻlgan garmonik tovush maydoniga joylashtirilsa, shu Gʻ takroriylik Akustik rezonatorning xususiy takroriyligi f0 ga teng boʻlganda Akustik rezonatordagi majburiy tebranishlar amplitudasi tovush maydoni amplitudasidan bir necha marta ortib ketadi. Xususiy takroriylik maʼlum boʻlsa, tashqi tovush takroriyligini topish mumkin. Akustik rezonator ning bu xususiyati tovush maydonini uning takroriyliklariga karab tahlil qilishga imkon beradi. Rezonans boʻlganida Akustik rezonator boʻgʻzi yoki naychasida havo zarralari katta tezlik bilan tebranadi va ishqalanish mavjud boʻlganida takroriylikli tovush jadal yutiladi. Akustik rezonatorning bu xossasidan meʼmoriy akustikada foydalaniladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |