Kontent qismiga oʻtish

Al-Ahmadiya masjid-madrasasi

Koordinatalari: 36°22′22″N 42°27′33″E / 36.3727301°N 42.4592605°E / 36.3727301; 42.4592605
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Al-Ahmadiya masjid-madrasasi
arabcha: جامع الأحمدية
جامع ومدرسة الأحمدية
جامع الميدان
Al-Ahmadiya masjidi gumbazi
Mamlakat  Iroq
Shahar Bagʻdod
Koordinatalar 36°22′22″N 42°27′33″E / 36.3727301°N 42.4592605°E / 36.3727301; 42.4592605
Yoʻnalishi Sunniy
Asoschi Ahmad Posho al-Katxada
Asosiy sana:
1796
Bino maydoni 2,600 square metre (28,000 kv ft)
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Gumbaz yoʻgʻonligi 11 metr (36 ft)
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Holati aktiv

Al-Ahmadiyya masjid-madrasasi (arabcha: جامع ومدرسة الأحمدية), al-Ahmadiyya masjidi (arabcha: جامع الأحمدية) yoki Maydan masjidi (arabcha: جامع الميدان) nomlari bilan ham tanilgan, Iroqning Bagʻdod shahrida joylashgan tarixiy sunniy islom masjididir. Masjid al-Rusafa tumaninining janubiy qismidagi al-Rashid koʻchasida[1] va al-Maydan maydonining sharqida al-Muradiyya masjidi yaqinida joylashgan.

Masjid 1796-yilda al-Maydanda Mamluklar hukmdori Buyuk Sulaymon Poshoning noibi Ahmad Posho al-Katxada tomonidan qurilgan. Masjid Ahmad Posho munosabati bilan „Al-Ahmadiyya“ nomini ham olgan. Maʼlumotlarga koʻra, Ahmad Posho masjidni qurish uchun oʻz davrining eng yaxshi muhandis va meʼmorlarini chaqirib, qurilish ishlariga koʻp mablagʻ sarflagan. Ahmad posho vafotidan keyin ishni uning ukasi Abdulloh Bey davom ettirgan. Minora, keyinchalik esa madrasa ukasi tomonidan qoʻshilgan. Masjid, shuningdek, Abbosiylar davriga oid masjid al-Xulafa masjidiga ham yaqin hududda joylashgan[2][3][4].

Keyinchalik sodir boʻlgan voqealar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid-madrasa qurilganidan koʻp oʻtmay, 1816-yilda Bagʻdodga tashrifi chogʻida James Silk Buckingham ham kelgan. Buckinham uni „chiroyli gumbazi va minorasi“ haqida taʼriflagan hamda uning rangli koshinlari va fayansidan hayratda qolgan, ammo ichkari toza va yaxshi yoritilganligidan tashqari alohida xususiyatlari yoʻqligini bilgach, hafsalasi pir boʻlgan[5].

Majmua koʻplab voqealarni boshidan kechirdi, jumladan, 1831-yilda Bagʻdodning oxirgi Mamluk hokimi Dovud Posho tomonidan binoning devorlaridagi yozuv va bitiklarni yangilash ishlari amalga oshirildi. Vazir Midxat Posho hukmronligi davrida Madrasa xonalari buzib tashlangan va uning bu qismi umumiy koʻchaga qoʻshib yuborilgan. Namozxona binosi 1893-yilda mehrob saroy gumbaziga yozilgan yozuv asosida yangilangan[6]. Bagʻdoddagi koʻplab taniqli olimlar shu yerdagi madrasada tahsil olganlar. Shariat qozisi va astronomiya yozuvchisi Yahyo al-Vatriy boʻlib, u keyinchalik madrasada dars bergan hamda al-Xulafa masjidida „al-Vatriy kengashi[7]“ deb nomlangan ilmiy majlis tashkil etgan mashhur al-Vatriy oilasining aʼzosi boʻlgan[ <span title="This claim needs references to reliable sources. (October 2023)">iqtibos keltirish kerak</span> ]. Uning oʻgʻli Mahmud al-Vatriy ham shu madrasada tahsil olgan. 

Masjid-Madrasa 1932-yil.

Iroq Qirolligi mustaqillikka erishgach, qirol Faysal I masjidni faqat juma namozi uchun foydalanilishini buyurdi[6].

Masjid 2010-yilda Sunniy Vaqf idorasi konferensiyasiboʻlishidan oldin qayta tiklangan[8].

2019-yilda al-Ahmadiya masjid-madrasasining gumbazi Bagʻdod atrofidagi siyosiy oʻgʻirlik, eʼtiborsizlik va siyosiy tafovutlar hamda ziddiyatlar tufayli nurab borayotgan koʻplab binolarga oʻxshab yomgʻir, yer osti suvlari va eʼtiborsiz qoldirishlik natijasida qulab tushdi[9]. Oʻsha yili sunniy vaqf idorasi al-Ahmadiya masjid-madrasasini Murjan masjidi, al-Muradiya masjidi va oʻzbek masjidi bilan birga ularning merosi muhimligini aniqlaganidan keyin tiklash va taʼmirlash loyihasini boshlab yuborldi. Masjid-madrasani qayta qurish ishlari oʻsha yilning oʻzidayoq boshlangan[9][10][11]. Masjid jamoat uchun ochiq boʻlsa ham, kirish faqat namoz vaqtida ochiq boʻladi[<span title="This claim needs references to reliable sources. (October 2023)">iqtibos zarur]</span>.

Tavsif va arxitektura

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xizmat ostida.

Al-Ahmadiya masjid-madrasasi ikkita majmuadan iborat. Ularning birinchisi gumbazli asosiy masjid boʻlsa, ikkinchisi uning Janubiy tomonida madrasani oʻz ichiga olgan ikki qavatli majmua hisoblanadi. Ikki bino oʻrtasida hovli bor; u baland devorlar bilan oʻralgan boʻlib, uning atrofiga olib boradigan 4 ta darvozani oʻz ichiga oladi. Hovlining oʻng tomonida muqarnas bilan bezaklangan yozgi mehrob bor. Bino taxminan 2,600 square metre (28,000 kv ft) maydonga ega. Masjid ichida koridor oldida keng musalla bor. Chap tomonda yozgi vaqt uchun musalla, uning tepasida Qashani plitkalaridan yasalgan va diametri 11 metr (36 ft) boʻlgan gumbaz joylashgan. Minora gumbazning janubida barpo etilgan. Masjid devori 1850-yilda masjid hovlisida dafn etilgan xattot Sufyon al-Vahbiy tomonidan yozilgan Qur’on oyatlari yozuvlari bilan bezatilgan[2].

Al-Ahmadiyadagi masjid-madrasa gumbazi va minoraning uzunligi bilan ajralib turadi. Uning oʻrta qismida derazalar boʻlgan. Ichki gumbaz yarim qirrali shaklda pastga aylantirilgan holatda yasalgan, u Bulbous shaklida yaratilgan. Bagʻdod iqlimi tufayli masjid-madrasa devorlari 2,5 metr qalikka ega. Bu holatHaydar-Xana masjidining devorlariga oʻxshashligini namoyish etadi[6].

Masjidning baland minorasi rang-barang fayans ishlari bilan bezaklangan[4]. U sakkiz qirrali asosda joylashgan, bu asos faqat masjidning gʻarbiy tomonidangina koʻrinadi. Minoraning tepasida qovurgʻali gumbazda geometrik shakllar mavjud[2].

  1. Marozzi, Justin. Baghdad: City of Peace, City of Blood. Penguin UK, May 29, 2014.
  2. 2,0 2,1 2,2 Jami' al-Ahmadiyya. Archnet. Retrieved January 4, 2018.
  3. „الگاردينيا - مجلة ثقافية عامة - بغداد الرشيد مدينة الجوامع والمساجد / الحلقة الأولى“. www.algardenia.com. Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.
  4. 4,0 4,1 فرنسيس, بشير يوسف. موسوعة المدن والمواقع في العراق - الجزء الأول (ar). E-Kutub Ltd. ISBN 978-1-78058-262-7. 
  5. Buckingham, James Silk. Travels in Mesopotamia (en). H. Colburn, 1827. 
  6. 6,0 6,1 6,2 „جامع الأحمدية في بغداد - موقع قسم الشؤون الدينية - العتبة العلوية المقدسة“. tableegh.imamali.net. Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.
  7. „تحميل كتاب البغداديون أخبارهم ومجالسهم ل إبراهيم الدروبي pdf“ (ar). كتاب بديا. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
  8. دليل الجوامع والمساجد التراثية والأثرية. ديوان الوقف السني في العراق. p.26.
  9. 9,0 9,1 „بين الإهمال والحروب.. أبنية العراق التراثية تتداعى“ (ar). www.aljazeera.net. Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.
  10. „ديوان الوقف السني يطلق حملة كبرى لاعادة تأهيل وصيانة الجوامع الأثرية في بغداد“ (ar). ديوان الوقف السني (2019-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.[sayt ishlamaydi]
  11. „ضمن حملته لإعادة إعمار بيوت الله وتأهيلها.. الدكتور سعد كمبش يتفقد عددا من المساجد في منطقة الميدان ببغداد“ (ar). ديوان الوقف السني (2020-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.[sayt ishlamaydi]