Kontent qismiga oʻtish

Al-Bantani katta masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Al-Bantani katta masjidi
Masjid Raya Al-Bantani
Al-Batani katta masjidi
Mamlakat  Indoneziya
Shahar Serang
Qiymati 94.3 milliard rupiy (6.4 million USD)[1]
Binokorlik 20082010
Asosiy sana:
4-oktyabr 2010-yil[1]
Hajmi 10,000[1]
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 8
Minoralar soni 8

Al-Bantani masjidi – Indoneziyaning Banten provinsiyasidagi Serang shahrida joylashgan jamoat masjidi. 10 000 ziyoratchini sigʻdira oladigan bu masjid Banten provinsiyasidagi Al-Azhom masjididan keyin ikkinchi eng katta masjiddir.

Masjidning poydevorining qurilishi 2008-yilda boshlangan va qurilish ishlari 2010-yilda yakunlangan. Masjid qurib bitkazilgan yili Banten viloyatining oʻn yillik yubileyi nishonlangan[2]. Masjidni Banten viloyatining oʻsha paytdagi gubernatori Ratu Atut Chosiyah ochib bergan. Masjidning ochilishi Al-Qur’on al-Bantoniyning 30 000 nusha Mus’haf (diniy qoʻlyozmalar) chiqarilishi, shuningdek, Banten hududini qamrab olgan haj maʼmuriyatining ishga tushirilishi bilan birgalikda amalga oshirilgan.

Dastlab masjidga oʻsha paytdagi gubernator Choʻsiyah nomi berilishi rejalashtirilgan boʻlib, bir qancha nomlar taklif qilingan, jumladan „Al-Chosiyah masjidi“, „Al Chosiin masjidi“, „Baytul Chosiin masjidi“, „Al Chosiyayn masjidi“, shuningdek „ Al-Chosiyah al-Bantani masjidi“. Bu holat mintaqadagi musulmonlar jamoasi oʻrtasida koʻplab bahs-munozaralarga sabab boʻlgan.

Keyinchalik hukumatning 451.2/Kep.546-Huk/2010-sonli qarori asosida masjidga rasmiy ravishda hozirgi nomi berilgan. „Bantani“ nomi Bantenning arabcha koʻrinishi boʻlib, Saudiya Arabistonida xizmat qilgan Banten mintaqasidan boʻlgan koʻplab ulamolar oʻz ismlariga taxallus sifatida „al-Bantani“ atamasini qoʻllashgan. Bu masjidning hozirgi nomi Makkadagi Masjid al-Haromning imomlik lavozimida xizmat qilgan Seranglik taniqli musulmon olimi Navavi al-Bantoniyni ham sharaflaydi.

Arxitektura dizaynida anʼanaviy Yava/Banteniya islom meʼmorchilik uslublari, shuningdek, Usmonli meʼmorchiligi uslubi qoʻllangan[2]. Istanbuldagi Sulton Ahmad masjidining tartibiga oʻxshash tarzda binoni toʻrt burchagida oʻrab turgan toʻrtta minoradan foydalanish Usmonli meʼmorchiligi taʼsirini namoyish etadi[2]. „Nusantara“ uslubi yoki mahalliy indoneziya uslubi gumbaz bilan qoplangan uch qavatli tomlardan foydalanish holatida yaqqol koʻrinadi. Ushbu qurilish Indoneziya, Yaqin Sharq va Yevropa arxitektura uslublarining eklektik aralashmasi bilan mashhur boʻlgan Semarangdagi Markaziy Yava katta masjidining dizayniga oʻxshab ketadi[2][3].

Ichki maydonda ustunlar yoʻqligi jamoat namozi oʻqish uchun qoʻshimcha kenglik va masjidga yanada kattaroq koʻrinish beradi[2]. Masjid oʻzining 10 000 ziyoratchini sigʻdira olishi bilan ajralib turadi, bu uni Banten provinsiyasidagi eng katta masjidga aylantiradi[4]. Ichki makon yava naqshlari bilan bezatilgan, islomiy xattotlik yozuvlari bilan naqshlangan[2].

  1. 1,0 1,1 1,2 MASJID AL-BANTANI. Sistem Informasi Masjid. Retrieved April 30, 2021.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Masjid Raya Al Bantani. Dunia Masjid. Retrieved April 30, 2021.
  3. Bagoes Wiryomartono (2009): A Historical View of Mosque Architecture in Indonesia, The Asia Pacific Journal of Anthropology, 10:1, 33-45
  4. Masjid Raya Al-Bantani, Banten Qoobah. Retrieved April 30, 2021.