Al-Haffa tumani
Al-Haffa okrugi منطقة الحفة | |
---|---|
Tuman | |
Loziqiya muhofazasi tarkibidagi Al-Haffa okrugi xaritasi | |
35°35′0″N 36°2′0″E / 35.58333°N 36.03333°E | |
Mamlakat | Suriya |
Muhofaza | Loziqiya |
Nohiyalari | 5 ta nohiya |
Maʼmuriy markaz | Al-Haffa |
Maydon | 569.81 km2 (220.00 kv mi) |
Aholisi (2004) |
81,213[1] |
Vaqt mintaqasi | UTCEET +2; +3 |
|
Al-Haffa okrugi (arabcha: منطقة الحفة) shimoli-gʻarbiy Suriyadagi Loziqiya muhofazasi tarkibiga kiruvchi okrug. Maʼmuriy markazi Al-Haffa shahri. 2004-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, okrug aholisi 81,213 kishini tashkil qilgan[1].
Al-Haffa okrugi Loziqiya shahri sharqidagi An-Nusayriya togʻlari hududida joylashgan. Hudud mahalliy fermerlar olma va boshqa mahsulotlar sotadigan muhim savdo markazidir. Ushbu okrug hududi salibchi boshqinchilarining asosiy strategik nuqtalaridan biri boʻlgani sababli ham muhim tarixiy ahamiyatga ega. Tumanda YuNESKOning jahon merosi obyektlari roʻyxatiga kiritilgan Salohiddin qalʼasi joylashgan.
Oʻrta yer dengizidagi archazor oʻrmonlari va yozdagi moʻtadil harorati bilan okrug Suriyaning mashhur sayyohlik markazlaridan biri hisoblanadi. Tumandagi koʻplab togʻli kurortlar, asosan, Slinfah shahrida joylashgan.
Nohiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Haffa okrugi tarkibiga beshta nohiya kiradi. Ular quyidagilar (aholi soni 2004-yil holatiga koʻra[1]):
- Al-Haffah nohiyasi (ناحية الحفة): aholisi 23,347 nafar[2].
- Slinfah nohiyasi (ناحية صلنفة): aholisi 19,518[3].
- Ayn al-Tine nohiyasi (ناحية عين التينة): aholisi 6,825 nafar[4].
- Kinsabba nohiyasi (ناحية كنسبّا): aholisi 17,615 nafar[5].
- Muzayraa nohiyasi (ناحية مزيرعة): aholisi 13,908 nafar[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „2004 Census Data“. UN OCHA. Qaraldi: 2015-yil 15-oktyabr.
- ↑ Al-Haffah nahiyah population
- ↑ Slinfah nahiyah population
- ↑ Ayn al-Tina nahiyah population
- ↑ Kansabba nahiyah population
- ↑ Muzeir'a nahiyah population