Kontent qismiga oʻtish

Loziqiya muhofazasi

Koordinatalari: 35°34′48″N 36°1′12″E / 35.58000°N 36.02000°E / 35.58000; 36.02000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Loziqiya muhofazasi

مُحافظة اللاذقية
Muhofaza
Skyline of Loziqiya muhofazasi
35°34′48″N 36°1′12″E / 35.58000°N 36.02000°E / 35.58000; 36.02000
Mamlakat Suriya
Hukumat
 • Voliy Amir Ismoil Hilol[1]
Maydon 2,297 km2 (887 kv mi)
Aholisi
 (2011)
1,008,000
Etnoxoronim +2
Vaqt mintaqasi UTC+2
Loziqiya muhofazasi xaritada
Loziqiya muhofazasi
Loziqiya muhofazasi

Loziqiya muhofazasi (arabcha: مُحافظة اللاذقية / ALA-LC: Muḥāfaẓat al-Lādhiqīyah) Suriyaning 14 muhofazasidan biri. Mamlakatning gʻarbida joylashgan. Shimolda Turkiyaning Hatay viloyati, sharqda Idlib va Hamo muhofazalari, janubda Tartus muhofazasi va gʻarbda Oʻrta yer dengizi bilan chegaradosh. Maydoni 2,297 km2 (887 kv mi)[2] (boshqa manbaga koʻra 2,437 km2 (941 kv mi).[3]). Muhofaza aholisi 1 008 000 kishi (2011-yil holatiga).

Viloyat tarixan 1920—1936-yillarda mavjud boʻlgan Alaviylar davlati tarkibiga kirgan[4].

Tartus muhofazasi 1972-yilda boʻlinishdan oldin Loziqiya tarkibida boʻlgan[3].

Suriya fuqarolar urushi davrida mintaqa nisbatan tinch boʻlgan, asosan Asad tarafdori boʻlgan va hukumat nazorati ostida qolgan. Ozod Suriya armiyasi 2012-yilda Al-Haffaga hujum qildi va 2014[5], 2015[6] va 2016-yillarda[7] muhofaza ustidan nazoratni qoʻlga kiritishga urindi, ammo muvaffaqiyatsiz yakunlandi. 2016-yilda Islom davlati Jablada bombali hujum uyushtirdi, natijada koʻp odamlar halok boʻldi[8].

Arxeologik joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Salohiddin qal’asi — Ayyubiy qasri
  • Paltus — Finikiya shahri
  • Ugarit — bronza asri manzilgohi
Slinfa, Suriyaning qirgʻoqboʻyi togʻlarida joylashgan mamlakatning eng mashhur kurortlaridan biri

Loziqiya muhofazasi Suriyaning Oʻrta yer dengizi qirgʻoq boʻyi hududining qariyb yarmini tashkil qiladi. Muhofazaning gʻarbiy qismi asosan qirgʻoqboʻyi tekisliklaridan iborat boʻlib, ichki sharqiy qismlari togʻli, Suriya qirgʻoqboʻyi togʻ tizmasi (Nusayriya togʻlari) shimoldan janubga qarab choʻzilgan[9]. Uning eng baland choʻqqisi Nabi Yunisning balandligi 1562 metr (5125 fut), oʻrtacha balandligi esa 1200 metr[9]. Muhofazaning gʻarbiy hududlari Oʻrta yer dengizidan namlik bilan toʻldirilgan shamollarni ushlaydi va shuning uchun sharqiy yon bagʻirlariga qaraganda koʻproq unumdor va aholi zichroqdir.

Osi daryosi shimolga, Al-Gʻab tekisligidagi sharqiy qirgʻogʻida, 64 kilometr (40 mi) oqadi[10] va undan soʻng Oʻrta yer dengiziga quyilish uchun tizmaning shimoliy chetidan oqib oʻtadi. Yana bir muhim daryo Nahr al-Kabir ash-Shimoliy boʻlib, Turkiya chegarasidan janubi-gʻarbga oqib, Oʻrta yer dengiziga oqib oʻtadi. Bu daryoda mintaqadagi eng muhim toʻgʻonlardan biri boʻlgan 16 Tishrin toʻgʻoni elektr energiyasi ishlab chiqarish, yomgʻir va daryo suvlarini saqlash, Mashqita koʻlini hosil qilish uchun qurilgan[11].

Loziqiya maʼmuriy markazdir. Bundan tashqari Al-Haffa, Ibn Hani, Jabla, Kesab, Manjila, Qaranja, Qardaha va Salma kabi shaharlari bor.

Quyidagi shaharlar Loziqiya muhofazasi tumanlarining maʼmuriy markazlari hisoblanadi (aholi soni 2004-yilgi rasmiy aholi roʻyxatga olish boʻyicha keltirilgan)[12]:

City Population
Loziqiya 383,786
Jabla 80,000
Qardaha 8,671
Al-Haffa 4,298

Muhofaza 4 tumanga (manatiq) boʻlinadi, tumanlar oʻz navbatida 22 ta nohiyadan iborat:

Loziqiya porti, Suriyaning asosiy dengiz porti

Muhofaza katta iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan Oʻrta yer dengizida joylashgan boʻlib, maʼmuriy markazi Loziqiya Suriyaning asosiy porti sanaladi. Bu port 1950-yil 12-fevralda tashkil etilgan[13].

Portning import qilinadigan yuklari kiyim-kechak, qurilish materiallari, transport vositalari, mebellar, minerallar, tamaki, paxta va lintel, piyoz, bugʻdoy, arpa, xurmo, don va anjir kabi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat. 2008-yilda port 8 million tonnaga yaqin yukni qabul qildi[manba kerak].

Muhofaza mahalliy sayyohlik uchun mashhur yoʻnalish ham boʻlib, Loziqiyadagi Kot-d’Azur B= plyaji Suriyaning qirgʻoqboʻyidagi asosiy kurorti boʻlib, u yerda suv changʻisi, gidrosikl va vindsyorfing taklif etiladi[14]. Shaharda sakkizta mehmonxona mavjud, ulardan ikkitasi besh yulduzli maqomga ega. Cote d’Azur de Cham Hotel ham, Lé Meridien Lattiquie Hotel ham shahardan 6 kilometr (3.7 mi) shimolda, Kot d’Azurda joylashgan[manba kerak]. Loziqiyada, xususan Azar koʻchasi 8-uyda koʻplab dizaynerlik brendi doʻkonlari joylashgan, shaharning savdo hududi markazi shahar markazidagi Azar koʻchasi 8-uy, Yarmoʻk koʻchasi va Saad Zagʻlul koʻchalari bilan oʻralgan bir qator mavzelar hisoblanadi[manba kerak]. Loziqiyada Ugarit Cinema, al-Kindi va al-Moʻtanabbiy koʻchasi yaqinidagi kichikroq kinoteatrlar mavjud[manba kerak].

Loziqiya muhofazasining diniy tarkibi
alaviylar
  
63%
sunniylar
  
26%
nasroniylar
  
6%
shialar
  
5%
ismoiliylar
  
0.2%

2004-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, aholisi 879 550 kishi edi[3]. 2011-yilgi BMT Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi hisob-kitobiga koʻra, aholi soni 1 008 000 kishini tashkil etadi, ammo bu raqam urush boshlanganidan beri oʻzgargan[15].

Aholining aksariyati alaviylar (63%), sunniy musulmonlar (26%), shuningdek, nasroniylar (6%), shia musulmonlar (5%) va ismoiliylardir (0,2%)[16].

Muhofazaning asosiy tillari — arab, arman va turk (Suriya turkman lahjalari). Arab tilida muhofazaning barcha tuman markazlarida va ularning atrofidagi aksar shahar va qishloqlarda soʻzlashishadi. Ayrim shahar va qishloqlar Shimoliy Levant lahjasidan foydalanadi. Faqatgina Kesab shahri istisno, u tarixan armanlar yashaydigan shahar boʻlib, unda va atrofidagi Sev Agʻyur, Esguran va Duzagʻaj kabi qishloqlarda arman tili asosiy til hisoblanadi[17]. Bundan tashqari Turkman togʻida turkman tilida gaplashiladi, ammo fuqarolar urushi ortidan koʻplab turkmanlar bu hududni tark etgan[18].

  1. „President al-Assad issues decrees appointing new governors for four Syrian provinces“ (en-US). SANA (2021-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  2. „Syria: Governorates, Major Cities & Localities - Population Statistics, Maps, Charts, Weather and Web Information“. www.citypopulation.de.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Syria Provinces“. www.statoids.com.
  4. Longrigg, Stephen Hemsley. "Syria and Lebanon Under French Mandate." London: Oxford University Press, 1958.
  5. „Assad's forces deploy in Latakia to repel rebel offensive“. Al Arabiya. Qaraldi: 2014-yil 18-may.
  6. Leith Fadel. „Syrian Army Advances North Towards the Turkish Border in Latakia: 3 Villages Captuted“. Al-Masdar News. 2015-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-dekabr.
  7. „Foreign jihadists advertise role in Latakia fighting“. The Long War Journal. Qaraldi: 2016-yil 11-iyul.
  8. Philip Issa. „Suicide bombing killed 43 at Syrian hospital: WHO“. Global News (2016-yil 24-may). Qaraldi: 2016-yil 26-may.
  9. 9,0 9,1 Federal Research Division, Library of Congress (2005) "Country Profile: Syria" page 5
  10. „Syria - History, People, & Maps“. Encyclopedia Britannica.
  11. „المراقبة والإدارة البیئیة لنھر الكبیر الشمالي“ (ar). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-may.
  12. Latakia city population (Wayback Machine saytida 2013-03-17 sanasida arxivlangan)
  13. „حول مرفأ اللاذقية - مرفأ اللاذقية“. www.lattakiaport.gov.sy. 2017-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-may.
  14. Mannheim, Ivan. Syria & Lebanon Handbook: The Travel Guide. Footprint Travel Guides, 2001 — 292-bet. ISBN 978-1-900949-90-3. 
  15. Syrian Arab Republic - Governorates profile (PDF), UNOCHA, June 2014, qaraldi: 20 March 2020
  16. Hussain Ibrahim Qutrib (2016), "Useful Syria" and Demographic Changes in Syria (PDF), King Faisal Center for Research and Islamic Studies, qaraldi: 20 March 2020
  17. Mannheim, Ivan. Syria and Lebanon Handbook: The Travel Guide. Footprint Travel Guides, 2001 — 299-bet. ISBN 1-900949-90-3. 
  18. „The regime forces the last remaining Turkmen Families to leave to Turkey“. Enab Baladi. Qaraldi: 2016-yil 12-sentyabr.

Vikiomborda Latakia Governorate mavzusiga oid fayllar bor