Kontent qismiga oʻtish

Al-Horis ibn Abdulloh al-Azdiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Horis ibn Abdulloh al-Azdiy
arabcha: الحارث بن عبد الله الأزدي
Basra hokimi
Mansab davri
665-yil (4 oy)
Hukmdor Muoviya I
Falastin hokimi yoki Falastin qoʻshinlari qoʻmondoni
Mansab davri
670-yillar oʻrtalari
Hukmdor Muoviya I

Al-Horis ibn Abdulloh al-Azdiy arabcha: الحارث بن عبد الله الأزدي, baʼzi manbalarda al-Horis ibn Abd, al-Horis ibn Amr yoki al-Horis ibn Abduamr xalifa Muoviya I hukmronligi (h. 661–680) davrida 665-yilda 5 oy Basra hokimi boʻlgan. Keyinchalik, Falastin hokimi, 670-yillarning oʻrtalarida Falastin qoʻshinlari qoʻmondoni boʻlib xizmat qilgan.

Al-Horis Falastinning Azd qabilasidan boʻlgan[1]. Oʻsha vaqtda Azd qabilasi vakillari hududdagi arab aholisining muhim qismini tashkil qilgan[2]. Islomiy manbalarida al-Horisning nomi Muoviya boshchiligidagi Falastin qoʻshinlari qoʻmondoni sifatida tilga olinadi[3].