Al-Hurr ibn Yusuf
Al-Hurr ibn Yusuf al-Qurayshiy al-Umaviy الحر بن يوسف القرشي الأموي | |
---|---|
Misr hokimi | |
Mansab davri 724 – 727 | |
Oʻtmishdoshi | Muhammad ibn Abdulmalik ibn Marvon |
Vorisi | Hafs ibn al-Volid ibn Yusuf al-Hadramiy |
Mosul hokimi | |
Mansab davri 727 – 731 | |
Oʻtmishdoshi | Marvon II |
Vorisi | Yahyo ibn al-Hurr (732–733) |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Vafoti |
731 Mosul, Umaviylar xalifaligi |
Bolalari |
Yahyo ibn al-Hurr Ubaydulloh ibn al-Hurr Salama ibn al-Hurr |
Otasi | Yusuf ibn Yahyo ibn al-Hakam |
Qarindoshlari |
Omina binti Yahyo (xolasi) Ummu Hakim ibn Yahyo (xolasi) Yahyo ibn al-Hakam (bobosi) |
Istiqomat joy(lar)i | Mosul |
Al-Hurr ibn Yusuf al-Qurashiy al-Umaviy (arabcha: الحر بن يوسف القرشي الأموي) (731-yilda vafot etgan) VIII asr boshlarida qarindoshi xalifa Hishom ibn Abdulmalik hukmronligi (h. 724–743) davrida Misr hokimi (724–727) boʻlib xizmat qilgan. Keyinchalik vafotiga qadar Mosulda hokimlik qilgan. Mosulda bir qancha yirik qurilish ishlarini, jumladan, Marvoniylar davrida shaharning eng muhim qurilish loyihalarini amalga oshirganligi bilan mashhur.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Hurrning bobosi Yahyo ibn al-Hakam toʻrtinchi Umaviylar xalifasi Marvon ibn al-Hakamning ukasi boʻlgan (h. 684–685). Otasi Yusuf Abdulmalik ibn Marvon (h. 685–705) xalifaligi davrida Mosul hokimi boʻlib xizmat qilgan. Al-Hurrning xolalaridan biri Omina binti Yahyo, shuningdek, boshqa bir xolasi (yoki tarixchi al-Azdiyning soʻzlariga koʻra, singlisi) Ummu Hakim[1] Hishom ibn Abdulmalikka turmushga chiqqan. Xalifa keyinchalik al-Hurrning Mosulga hokim etib tayinlanishida ham muhim rol oʻynagan[2].
Al-Hurrning farzandlari orasida Yahyo ibn al-Hurr otasining vafotidan keyin qisqa muddat Mosul hokimi vazifasini bajaruvchi boʻlib xizmat qilgan va Abbosiylar inqilobidan keyin Ismoil ibn Ali tomonidan qatl qilingunga qadar mintaqadagi mulklarga egalik qilgan. Yana bir oʻgʻli Ubaydulloh 750-yilda oxirgi Umaviylar xalifasi Marvon II ning vafotidan soʻng Abdulloh ibn Marvon ibn Muhammadga qoʻshilib Nubiyaga qochib ketgan. Salama ibn al-Hurr shoir boʻlib, arab sahrosida badaviylar orasida istiqomat qilgam, soʻngra xorijiy isyonchi al-Dahhok ibn Qays ash-Shayboniy tomonidan oʻldirilgan[3].
Misr hokimligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]724-yilda al-Hurr Hishom tomonidan ikkinchi amakivachchasi Muhammad ibn Abdulmalik ibn Marvonning oʻrniga Misr hokimi etib tayinlangan. May oyi boshida Misrga kelganida xavfsizlik masalalari ustidan nazoratni oʻz zimmasiga olgan, viloyatning moliya masalalari boʻyicha Ubaydalloh ibn al-Habhob shugʻullangan[4].
Al-Hurr hokimligi davrida Ibn al-Habhab aholiga qoʻshimcha soliqlar joriy etishga harakat qilgan, har bir dinor ustiga kamida bir karat (1/24 qismi) qoʻshilgan. Bu esa 725–726-yillarda Quyi Misrda keng koʻlamli qoʻzgʻolonning boshlanishiga sabab boʻlgan. Natʼu, Tumayy, Qurbayt, Toʻrabiyya va Sharqiy Hovf aholisi isyon koʻtargan. Bu voqea keyinchalik tarixchi Muhammad ibn Yusuf al-Kindiy tomonidan arablarga qarshi qibtiylarning birinchi qoʻzgʻoloni sifatida tasvirlangan. Bunga javoban al-Hurr qoʻzgʻolonchilarga qarshi harakatlarga rahbarlik qilish uchun Dumyot shahriga koʻchib oʻtgan va uch oy davomida qoʻzgʻolonchilarga katta talofatlar yetkazib, viloyatda tartib oʻrnatishga muvaffaq boʻlgan[5].
Misrda boʻlgan davrida al-Hurr Hishom bilan hamkorlikda Suriya arablaridan bir guruhini Sharqiy Delta hududiga koʻchirish ustida ishlagan[6] va Nil daryosining chekinishi natijasida paydo boʻlgan yangi yerda yopiq bozor koʻchasini qurdirgan[7]. 726-yilda Suriyada xalifa bilan uchrashish maqsadida al-Hurr viloyatdan qisqa muddatga joʻnab ketgan va oʻrniga viloyatdagi ishlarni nazorat qilib turish uchun mirshablar boshligʻi Hafs ibn al-Volid ibn Yusuf al-Hadramiyni qoldirgan. Al-Hurr 727-yilgacha Misr hokimi boʻlib xizmat qilgan, Ibn al-Habhob oʻrtasidagi kelishmovchilik tufayli Habhob xalifaga shikoyat xati yozishga majbur boʻlgan. Bu vaziyatdan keyin al-Hurr oʻz lavozimini tark etishga rozi boʻlgan va uning oʻrniga Hafs Misr hokimi etib tayinlangan[8].
Mosul hokimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Misr hokimligidan ketganidan koʻp oʻtmay, Hishom al-Hurrni Mosul hokimi lavozimiga tayinlagan. Tarixchi al-Azdiy al-Hurr hokimligining boshlanishini 724–725-yillarga toʻgʻri keladi deya maʼlumot bergan. Biroq ayni shu yillarda al-Hurr Misr hokimi boʻlganligi sababli zamonaviy tarixchilar uning 727 yoki undan keyinroq Mosul hokimligiga tayinlanganini qayd etadilar[9].
Mosulda boʻlgan davrida al-Hurr bir nechta yirik xususiy va jamoat inshootlarini qurish dasturini boshladi va shaharda obodonlashtirish loyihalariga sarmoya kiritish boʻyicha Marvoniylar anʼanasini davom ettirganlar qatoriga qoʻshilgan[10]. Ushbu loyihalar orasida hokim qarorgohi boʻlishi moʻljallangan, shahar bozorlari yaqinida joylashgan yangi saroy qurilishi ham bor edi. Saroy Al-Manqusha yoki Bezakli saroy deb nomlangan boʻlib, kamida XIII asrgacha saqlanib qolgan, oʻsha vaqtda solnomachi Ali ibn al-Asir tomonidan saroy vayron holatda ekanligi qayd etilgan[11].
Al-Hurr tomonidan boshlangan eng yirik qurilish Dajladan Mosul markazigacha yetib boradigan kanal qazish edi. Bu loyiha Chase F. Robinson tomonidan „Marvoniylar davrining boshida shaharda amalga oshirilgan eng taʼsirchan qurilish loyihasi“ sifatida tavsiflangan[10]. An-nahr al-makshuf nomi bilan mashhur boʻlgan kanal shaharni ichimlik suvi bilan taʼminlash imkoniyatini oshirish maqsadida qazilgan va bu ishga minglab kishilar jalb qilingan. Loyiha qiymati juda katta boʻlib, ushbu mablagʻni qoplash uchun viloyat daromadlaridan toʻliq foydalanishga toʻgʻri kelgan, natijada uni qurish paytida markaziy hukumat hisobiga pul oʻtkazilmagan. Kanal qazilishi ustida olib borilgan ishlar al-Hurrning vafotidan keyin ham davom etgan va loyiha 738–739-yillarda yakunlangan[12].
Al-Hurr 731-yilda vafot etgan va Mosulda dafn etilgan[13]. Uning oʻlimidan soʻng oʻgʻli Yahyo otasining saroyini, shuningdek, koʻplab uylari, mehmonxonalari va mulkini meros qilib olgan. Al-Hurrning oilasi Umaviylar davrida Mosul hududidagi yirik hisobdagi mulklarga egalik qilgan[14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ On Umm Hakim see Hillenbrand 1989, s. 90 n. 455, Ibn 'Asakir 1998, s. 229 & n. 1.
- ↑ Forand 1969, s. 89; Robinson 2004, ss. 77, 152–53.
- ↑ Forand 1969, s. 90; Robinson 2004, s. 153 & n. 33; Ibn Hazm 1982, s. 110.
- ↑ Al-Kindi 1912, s. 73; Ibn Taghribirdi 1929, s. 258.
- ↑ Al-Kindi 1912, ss. 73–74; Ibn Taghribirdi 1929, s. 259; Morimoto 1981, ss. 135–37; Frantz-Murphy 2007, s. 106. Severus 1910, ss. 75 ff. claims that Ubaydallah had doubled the tax rate and conscripted the Egyptians into forced labor; he does not mention al-Hurr’s specific role in the revolt but states that uprisings took place in Bana, Sa, and Samannud, and that the resulting fighting between the Christians and Muslims was bloody.
- ↑ Frantz-Murphy 2007.
- ↑ Frantz-Murphy 2007, s. 111; Al-Kindi 1912, s. 74; Ibn Taghribirdi 1929, s. 259.
- ↑ Al-Kindi 1912, s. 74; Ibn Taghribirdi 1929, s. 259.
- ↑ Forand 1969, s. 90; Rotter 1974, ss. 178–79.
- ↑ 10,0 10,1 Robinson 2004.
- ↑ Forand 1969, s. 90; Robinson 2004, s. 80.
- ↑ Forand 1969, s. 90; Robinson 2004, ss. 78–79.
- ↑ Forand 1969, s. 90; Historical Guide 1953, s. 50.
- ↑ Forand 1969, ss. 89, 90, 93; Robinson 2004, s. 153. The extent of these properties were such that the area they were located in came to be known as „al-Hurr.“ The family was later dispossessed of their estates in the region following Yahya ibn al-Hurr’s execution.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Forand, Paul G. (January–March 1969). "The Governors of Mosul According to al-Azdi's Ta'rikh al-Mawṣil". Journal of the American Oriental Society 89 (1): 88–105. doi:10.2307/598281.
- Frantz-Murphy, Gladys „The economics of state formation in early Islamic Egypt“, . From Al-Andalus to Khurasan: Documents from the Medieval Muslim World. Leiden: Koninklijke Brill NV, 2007. ISBN 978-90-04-15567-1.
- The History of al-Ṭabarī, Volume XXVI: The Waning of the Umayyad Caliphate: Prelude to Revolution, A.D. 738–744/A.H. 121–126, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1989. ISBN 978-0-88706-810-2.
- A Historical Guide to the Ancient Sites in Iraq: Issued on the Occasion of Coronation of His Majesty, King Faisal II. Baghdad: Ar-rabita Press, 1953.
- Ibn 'Asakir, Abu al-Qasim 'Ali ibn al-Hasan ibn Hibat Allah. Tarikh Madinat Dimashq (ar). Beirut: Dar al-Fikr, 1998.
- Ibn Hazm, Abu Muhammad ibn 'Ali ibn Ahmad ibn Sa'id al-Andalusi. Jamharat Ansab al-'Arab, 5th (ar), Cairo: Dar al-Ma'arif, 1982.
- Ibn Taghribirdi, Jamal al-Din Abu al-Mahasin Yusuf. Nujum al-zahira fi muluk Misr wa'l-Qahira, Volume I (ar). Cairo: Dar al-Kutub al-Misriyya, 1929.
- Al-Kindi, Muhammad ibn Yusuf. The Governors and Judges of Egypt (Arabic). Leyden and London: E. J. Brill, 1912.
- Morimoto, Kosei. The Fiscal Administration of Egypt in the Early Islamic Period. Kyoto: Dohosha, 1981. ISBN 9784810402124.
- Robinson, Chase F.. Empire and Elites after the Muslim Conquest: The Transformation of Northern Mesopotamia. Cambridge University Press, 2004. ISBN 0-511-03072-X.
- Rotter, Gernot (1974). "The Umayyad Fulus of Mosul". American Numismatic Society 19 (1): 165–198.
- Severus of Al'Ashmunein „Part 3: Agathon - Michael I (766 AD)“, . History of the Patriarchs of the Coptic Church of Alexandria, 1910.
Oldingisi | Misr hokimi 724–727 |
Keyingisi |