Kontent qismiga oʻtish

Al Capone

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Al Capone

Al Caponening 1930-yildagi tasviri
Tavalludi 17-yanvar 1899-yil (1899-01-17) (125 yosh)
Vafoti 25-yanvar 1947-yil(1947-01-25)
(48 yoshda)
Palm oroli, Florida, AQSH
Fuqaroligi AQSh
Kasbi
Turmush oʻrtogʻi
Mae Coughlin (turm. 1918)
Bolalari 1 ta
Otasi Gabriele Capone
Onasi Tereza Capone
Laqablari:
  • Scarface
  • Big Al
  • Big Boy
  • Public Enemy No. 1
  • Snorky
Imzosi
Izohlar
Qabri Karmel togʻi qabristoni, Hillside, Illinoys, AQSH

Alphonse Gabriel Capone[1] (talaffuzi: Al Gabriel Kapone) (1899-yil 17-yanvar — 1947-yil 25-yanvar), shuningdek „Scarface“ taxallusi bilan ham tanilgan, amerikalik gangster va tadbirkor. 1925-yildan 1931-yilgacha Chicago Outfit boshligʻi. Capone 33 yoshida 7 yillik qamoq jazosiga tortilishi bilan, jinoyatchilik olamidagi hukmronligi oʻz nihoyasiga yetadi.

Capone 1899-yilda Nyu-Yorkda italiyalik muhojirlar oilasida tugʻilgan. Oʻsmirlik chogʻida Five Points Gangga qoʻshilgan va foxishaxonalar faoliyati bilan shug'ullanuvchi uyushgan jinoyatchilik faoliyatini boshlagan.

Capone turli xayriya tashkilotlariga xayr-ehson qilgan va koʻpchilik nazdida „zamonaviy Robin Gud“ sifatida koʻrilgan[2]. Biroq, sevishganlar kunida amalga oshirgan qirgʻini sababli, jamoatchilar orasida obroʻsiga putur yetadi. Bu holatdan soʻng, nufuzli shaxslar hukumatdan unga qarshi chora koʻrishni talab qilishgan, hamda gazetalarda „1-sonli xalq dushmani“ deb nomlangan sarlavha ostida maqola chop etilgan.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kichik Capone onasi bilan

Alphonse Gabriel Capone 1899-yil 17-yanvarda New Yorkning Bruklin shahrida tavallud topgan[3]. Uning ota-onasi italiyalik muhojirlar Gabriele Capone (1865-1920) va Tereza Capone (1867-1952)[4]. Caponening otasi sartarosh, onasi esa tikuvchi boʻlib, ikkalasi ham Salerno provinsiyasidagi Angri shahrida tugʻilgan[5][6]. 1893-yilda Caponening oilasi oʻsha paytdagi Avstriya-Vengriyaning port shahri boʻlgan Fiume (hozirgi Riyeka, Xorvatiya) orqali, AQShga kemada koʻchib oʻtishgan[7][8]. Oila AQShga koʻchib kelganlaridan soʻng, Bruklinning Navy Yard qismida joylashgan Navy koʻchasi 95-uyida istiqomat qila boshlagan. Capone 11 yoshga toʻlganda, oilasi bilan Bruklindagi Park Slopeda hududiga koʻchib oʻtgan[9].

Capone 1918-yil 30-dekabrda 19 yoshik chogʻida Mae Josephine Coughlin bilan oila qurgan. Qiz irlandiyalik katolik bo'lgan. Shu oyning boshida, to'ydan bir necha kun avval ularning oʻgʻli Albert Frencis „Sonny“ Caponeni (1918-2004) dunyoga kelgan. Albert bolaligida chap qulogʻining eshitish qobiliyatini yoʻqotgan. Capone 21 yoshga toʻlmaganligi uchun uning ota-onasi nikohga yozma ravishda rozi boʻlishi kerak edi[10]. Al Capone va Mae Josephine Coughlin juftlikligi baxtli turmush kechirgan[11].

Ish faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al Capone dastlab mayda oʻgʻrilik bilan shugʻullanuvchi Junior Forty Thieves va Bowery Boys singari toʻdalarda boʻlgan. Keyinchalik Capone Bruklin Rippersga, unda keyin Manhattandagi Five Points guruhlariga qoʻshilgan. Frankie Valega ishlayotgan paytida asosan barlarda faoliyat olib borgan. Capone tungi barda eshik oldida qoʻriqchilik qilayotgan vaqtida, beixtiyor bir ayolni haqorat qiladi va ayolning akasi Frank Galluccio tomonidan yuzining chap tomoniga uch marotaba pichoq uriladi. Ayni shu hodisa sabab, unga oʻzi yomon koʻrgan „Scarface“ taxallusi beriladi[12][13][14]. Bu voqea yuzaga kelgan sanasi aniq bayon qilinmagani aytiladi[15][16][17]. Caponeni suratga tushirishayotganda, jarohatlar urush davridan qolgan ekanligini aytib, yuzining chandiqli tomonini yashirgan[18][19]. Yuzidagi chandiq sababli eng yaqin doʻsti Caponeni „Snorky“ deb atagan[20].

Sogʻligʻi yomonlashgani tufayli, Capone 1939-yil 16-noyabrda qamoqdan ozod qilingan[21] va sifilitik parezni davolash uchun Baltimordagi Johns Hopkins kasalxonasiga yuborilgan. Jinoyatchilik borasidagi faoliyati tufayli, Johns Hopkins uni davolashdan bosh tortadi, ammo Baltimordagi Union Memorial kasalxonasi bemorni qabul qiladi. Caponega koʻrsatgan gʻamxoʻrlik uchun minnatdorchilik sifatida, 1939-yilda Union Memorial kasalxonasiga ikkita yapon gilos daraxtini sovgʻa qiladi. Bir necha haftalik statsionar va ambulator tibbiy yordamdan soʻng, Capone 1940-yil 20-martda ogʻir kasal holida Baltimorni tark etib, oʻz uyiga, Floridaning Palm orolidagi saroyiga koʻchib oʻtadi[22][23][24]. 1942-yilda Qoʻshma Shtatlarda penitsillinning ommaviy ishlab chiqarilishi boshlanganidan soʻng, Capone yangi dori bilan davolangan ilk amerikalik bemorlar qatorida tilga olinadi[25]. Garchi uning miyasidagi kaallikni bartaraf etish uchun juda kech boʻlsa-da, bu dori kasallikning rivojlanishini sekinlashtirgan[26].

1946-yilda shaxsiy shifokori va Baltimorlik psixiatr unda kechayotgan kasallikni koʻrib, Caponega 12 yoshli bola ruhiyatiga ega, degan xulosa bergan[27]. Capone umrining soʻnggi yillarini xotini va nevaralari bilan Palm orolidagi saroyida oʻtkazgan[28]. 1947-yil 21-yanvarda Capone insultga uchragan. Shuningdek, unda bronxopnevmoniya ham vujudga kelgan. 22-yanvar kuni bilan Caponening ahvoli ogʻirlashgan va 25-yanvar kuni apopleksiya natijasida oʻz oilasi davrasida, yurak yetishmovchiligi sababli vafot etgan[29][30].

Al Capone dastlab Chikagodagi Olivet togʻ qabristonida dafn etilgan. 1950-yilda Caponening hoki otasi Gabriele va ukasi Frankning hoki bilan birga Hillsidedagi Karmel tog‘ qabristoniga ko‘chirilgan[31][32].

Ommaviy madaniyatda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Capone XX asrning eng mashhur amerikalik gangsterlaridan biri boʻlib, koʻplab maqolalar, kitoblar va filmlarning asosiy mavzusiga aylangan. Xususan, 1925-yildan 1929-yilgacha, Capone Chikagoga koʻchib oʻtganidan koʻp vaqt oʻtmay, mamlakatdagi eng mashhur mafiya maqomiga erishgan. Ommaviy axborot vositalarida oʻzining maʼlum bir imidjini rivojlantira olgan va koʻpchilikning nazarida boʻlgan[33][34].

  1. „the definition of al capone“. Dictionary.com. 2018-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-oktyabr.
  2. „During the Great Depression Al Capone started one of the first "Soup Kitchens" for the unemployed“. thevintagenews.com (2016-yil 6-iyun). 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-mart.
  3. Schoenberg, Robert L.. Mr. Capone. New York: William Morrow and Company, 1992 — 18–19-bet. ISBN 0688128386. Qaraldi: 2015-yil 19-noyabr. 
  4. Hendley, Nate. Al Capone: Chicago's King of Crime. Five Rivers Chapmanry, 2010. ISBN 978-0986642319. 
  5. „Al Capone, il gangster americano piu' famoso del mondo era di origini angresi“. letrescimmiette.info. 2015-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-avgust.
  6. Kobler, John. Capone. Da Capo Press, 1971 — 23-bet. ISBN 0306804999. 
  7. Szalai, László „Mysterious Adriatic Villa: It holds the greatest secrets, Al Capone was hiding his mother there“ (sr). Telegraf.rs (2016-yil 17-noyabr). 2019-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-aprel.
  8. Schoenberg, Robert L.. Mr. Capone. New York: William Morrow and Company, 1992 — 18–19-bet. ISBN 0688128386. Qaraldi: 2015-yil 19-noyabr. 
  9. Schoenberg, Robert L.. Mr. Capone. New York: William Morrow and Company, 1992 — 18–19-bet. ISBN 0688128386. Qaraldi: 2015-yil 19-noyabr. 
  10. Luciano J. Iorizzo. Al Capone: A Biography. Greenwood Publishing Group, 2003 — 26-bet. 
  11. Bair, Deirdre. Al Capone: His Life, Legacy, and Legend (en). Knopf Doubleday Publishing Group, 2016. ISBN 978-0385537162. Qaraldi: 2020-yil 15-oktyabr. 
  12. The Five Families. MacMillan, 2014 — 42-bet. ISBN 978-1429907989. Qaraldi: 2015-yil 19-noyabr. 
  13. Kobler, 36.
  14. Bardsley, Marilyn „Scarface“. Al Capone. Crime Library. 2013-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 29-mart.
  15. „Slasher of Capone Seized by O'Dwyer; Galluccio, Who Carved Scar on Racketeer's Face, Asked About Gang Murders“. The New York Times (1940-yil 28-mart). 2021-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-may.
  16. RJ Parker. Top Cases of The FBI, 2012. 
  17. „Origins of the Scars“. 2021-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-may.
  18. Kobler, 15.
  19. Kobler, 36.
  20. "Mobsters and Gangsters from Al Capone to Tony Soprano", Life (2002).
  21. „"Scarface Al" Capone Released by Government“ (1939-yil 16-noyabr). 2020-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-aprel.
  22. Sandler, Gilbert. „Al Capone's hide-out“ (1994-yil 30-avgust). 2014-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-iyul.
  23. Perl, Larry. „For Union Memorial, Al Capone's tree keeps on giving“ (2012-yil 26-mart). 2013-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-iyul.
  24. Slade, Fred. „Medstar Union Memorial celebrates Capone Cherry Tree blooming“. Abc2News (2014-yil 10-aprel). 2014-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-iyul.
  25. The first use of penicillin in the United States was on March 14, 1942, for a patient with streptococcal sepsis.
  26. Smee, Taryn. „Legendary Gangster Al Capone was one of the First Recipients of Penicillin in History“. The Vintage News (2018-yil 27-avgust). 2020-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-noyabr.
  27. „Al Capone“. Federal Bureau of Investigation. 2020-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-aprel.
  28. John J. Binder, The Chicago Outfit, Arcadia Publishing (2003), pp 41-42.
  29. „Al Capone dies in Florida villa“. Chicago Sunday Tribune. Associated Press (1947-yil 26-yanvar), s. 1. 2017-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-oktyabr.
  30. „Capone Dead At 48. Dry Era Gang Chief“. The New York Times. Associated Press (2009-yil 2-aprel). 2010-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-mart. „Al Capone, ex-Chicago gangster and prohibition era crime leader, died in his home here tonight.“.
  31. „Mount Carmel“. Oldghosthome.com. 2004-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  32. Wilson, Scott. Resting Places: The Burial Sites of More Than 14,000 Famous Persons, 3rd, McFarland, 2016 — 114–115-bet. ISBN 978-1476625997. Qaraldi: 2020-yil 15-oktyabr. 
  33. „Al Capone: The story behind his rise and fall | The Mob Museum“ (en-US). The Mob Museum (2016-yil 6-iyul). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-iyun.
  34. „The 17 most notorious mobsters from Chicago“ (en). Time Out Chicago. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-iyun.
  • Bair, Deirdre (2016). Al Capone: His Life, Legacy and Legend. New York: Nan A. Talese. ISBN 978-0385537155.
  • Binder, John J. (2017). Al Capone's Beer Wars: A Complete History of Organized Crime in Chicago During Prohibition. Amherst, NY: Prometheus Books, ISBN 978-1633882850.
  • Capeci, Dominic J. "Al Capone: Symbol of a Ballyhoo Society." Journal of Ethnic Studies 2.4 (1975): 33–46.