Kontent qismiga oʻtish

Albert Anastasia

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Albert Anastasia
Fayl:Anastasia.JPG
Tavalludi
Umberto Anastasio

26-sentyabr 1902-yil
Vafoti 25-oktyabr 1957-yil(1957-10-25)
(55 yoshda)
New York, New York, AQSh
Vafoti sababi Oʻq jarohati
Dafn etilgan joyi Green-Wood qabristoni, New York, New York, AQSh
Fuqaroligi Amerikalik
Kasbi Jinoiy toʻda rahbari
Millati Italyan
Laqablari The One-Man Army
Mad Hatter
Lord High Executioner
Don Umberto[1]

UmbertoAlbertAnastasiya[2] (/ˌænəˈstʒə/, Italyancha: umˈbɛrto anastaˈziːa ; tugʻ. Anastasio anaˈstaːzjo ; 1902-yil 26-sentyabr — 1957-yil 25-oktyabr) — italyan-amerikalik mafioz, qotil va jinoyatchilar boshligʻi. Zamonaviy Amerika mafiyasining asoschilaridan biri, Murder Inc. tashkilotining hammuassisi, keyinchalik rahbari. Oxir-oqibat zamonaviy Gambino jinoyat oilasi boshligʻi lavozimiga koʻtarildi. Shuningdek, jinoiy karyerasining katta qismida, asosan, port ishchilari kasaba uyushmalari yordamida Nyu-York shahri qirgʻoqlarini boshqargan. Anastasiya 1957-yil 25-oktyabrda Vito Genovese va Carlo Gambinoning buyrugʻi bilan oʻldirilgan. Ushbu voqeadan soʻng Gambino oila boshligʻi boʻlgan.

Anastasiya Amerika tarixidagi eng shafqatsiz va qoʻrqinchli uyushgan jinoyatchilardan biri edi. Yuksak obroʻsi tufayli unga The Earthquake (Zilzila), The One-Man Army (Bir kishilik armiya), Mad Hatter (Majnun qalpoqchi) va Lord High Executioner (Lord Oliy jallod) laqablari berilgan.

Albert Anastasiya 1902-yil 26-sentyabrda Italiyaning Kalabriya yarim oroli Parghelia kommunasida Bartolomeo Anastasio va Marianna Polistena oilasida tugʻilgan. Bolaga Umberto Anastasio ismi berilgan[3][4]. Anastasiyaning otasi temiryoʻlchi boʻlgan. Birinchi jahon urushidan keyin vafot etgan vaqtida otadan toʻqqiz farzandi qolgan[5]. Anastasiyaning sakkiz aka-uka: Raffaele; Frank; Anthony; Joseph; Gerardo; Luigi (Avstraliyaga koʻchib ketgan) and Salvatore Anastasio va bitta singlisi, Mariya, bor edi[5][6].

1919-yilda Anastasiya akalari Jozeph, Anthony va Gerardo bilan Nyu-Yorkda oʻzlari ishlaydigan yuk tashuvchi kemani tark etib, AQShga noqonuniy ravishda kirib borishdi. Ular tez orada Bruklindagi portda yuk tashuvchi boʻlib ishlay boshlashdi[6].

  1. Raab, Selwyn. Five Families: The Rise, Decline, and Resurgence of America's Most Powerful Mafia Empires, 2005 — 72-bet. 
  2. „Albert Anastasia Part 01 of 04“. FBI Records: The Vault. Qaraldi: 2020-yil 5-may.
  3. Newton, Michael. Boss of Murder, Inc.: The Criminal Life of Albert Anastasia, March 23, 2020 — 3–4-bet. 
  4. Anastasio, Salvatore. „Così hanno ammazzato mio fratello Alberto“ (it). Tropea Magazine. Qaraldi: 2020-yil 5-may.
  5. 5,0 5,1 Zampa, Fabrizio. „Cosa nostra, Chiesa mia“ (it). Tropea Magazine (1973-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 5-may. „in origine eravamo nove: Raffaele, Francesco, Alberto, Antonio, Giuseppe, Gerardo, Luigi e io. Poi c'è una sorella, Maria.“.
  6. 6,0 6,1 Freeman, Ira Henry. „ANASTASIA ROSE IN STORMY RANKS; One of 4 Feared Brothers, He Survived Death House and Violent Rackets Six Came To America Offered Plot on Dewey“ (1957-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 5-may.