Albert Kangiev
Albert Kangiev | |
---|---|
Tavalludi |
3-aprel 1963-yil |
Fuqaroligi | SSSR Ukraina |
Kasbi | siyosatchi |
Albert Osman ogʻli Kangiev (Кангієв Альберт Османович, 1963-yil 3-aprel, Toshkent, SSSR) – Ukraina qrim-tatar siyosatchisi, Vazirlar Kengashining sanoat siyosati, transport, aloqa va yoqilgʻi-energetika kompleksi vaziri. Qrim Respublikasi (2005) va Bilogirsk meri (2010-2014)[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Albert Kangiev 1963-yil 3-aprelda Toshkentda tavallud topgan. 1980-yilda Toshkent avtomobil-yoʻl institutiga oʻqishga kirib, uni 1985-yilda muhandis-qurilish mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1985-1988-yillarda „Toshmetroqurilish“ trestining 13-sonli koʻprik hovlisida ishlab chiqarish boʻlimining ustasi boʻlib ishlagan. 1988-yilda ishlab chiqarish boʻlimi muhandisi lavozimiga oʻtgan[2].
Kangiev 1990-yilda doimiy yashash uchun Qrimga koʻchib oʻtgan, „Umid“ kooperativining boʻlim boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan. 1993-yildan 1998-yilgacha „Hurzufskiy“ harbiy sovxozida ishlab, muhandis-mexanikdan korxona direktorigacha boʻlgan lavozimlarini egallab borgan. Siyosiy faoliyatini 1998-yilda Bilogirsk tumani davlat maʼmuriyati boshligʻi oʻrinbosari lavozimidan boshlagan. 1997–2002-yillarda Odessa viloyati davlat boshqaruvi institutida „Davlat boshqaruvi“ mutaxassisligi boʻyicha tahsil olgan. 2003-yildan 2005-yilgacha Bilogirsk RDA raisi boʻlgan[3].
Albert Osman oʻgʻli 2005-yilda Qrim Respublikasi Vazirlar Kengashining sanoat siyosati, transport, kommunikatsiyalar va yoqilgʻi-energetika kompleksi vaziri lavozimida ishlagan. 2006-yildan 2008-yilgacha „Elsa“ kompaniyasida ishlagan, 2008-yildan 2010-yil noyabrigacha Taygan tumanlararo suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan[4].
2010-yil noyabr oyida Albert Kangiev Bilogirsk shahri meri etib saylangan. Kangiev 2014-yil bahorida Qrim va Sevastopolning Rossiyaga qoʻshilishi paytidagi rasmiy bayonotida 16-mart kuni referendum oʻtkazish gʻoyasini qoʻllab-quvvatlamasligini va bu konstitutsiyaga zid deb bayonot bergan.
2019-yilda Bilogirskdagi saylovlarda „Yedinaya Rossiya“ partiyasining saylov shtabini boshqargan. 2019-yilning 5-noyabr kuni Qrim Respublikasi rahbari Sergey Aksyonov Kangievni Qrim fuqarolari boʻyicha davlat qoʻmitasi rahbari etib tayinlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Мер кримського міста не підтримав сепаратистський референдум“. «ТСН». 7 березня 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12 березня 2014.
- ↑ [https://gkvod.rk.gov.ru/heads/6fd659f6-2ba8-4235-9b94-13d7190cce71 „Кангиев Альберт Османович“]. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
- ↑ „Мэр Белогорска Кангиев также покинул ряды Партии Регионов“ (рос.) (deadlink). «Агентство Крымские Новости». 12 березня 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12 березня 2014.
- ↑ „КАНГИЕВ АЛЬБЕРТ ОСМАНОВИЧ — ДОСЬЕ“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.