Albrechtice (Karviná tumani)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Albrechtice
Munitsipalitet
Skyline of Albrechtice
Albrechtice
Bayroq
Albrechtice
Gerb
49°47′13″N 18°31′28″E / 49.78694°N 18.52444°E / 49.78694; 18.52444 G OKoordinatalari: 49°47′13″N 18°31′28″E / 49.78694°N 18.52444°E / 49.78694; 18.52444 G O
Mamlakat Chexiya
Viloyat Moraviya-Sileziya
Tuman Karviná
Asos solingan 1447
Maydon 12.69 km2 (4.90 mi²)
Markazi balandligi 258 m
Aholisi
 (2023-01-01)
3 826
Zichligi auto kishi/km2
Pochta indeks(lar)i 735 43
Albrechtice xaritada
Albrechtice
Albrechtice

Albrechtice — Chexiya Respublikasining Moraviya-Sileziya viloyati Karvina tumanida joylashgan munitsipalitet. Munitsipalitetda (01.01.2023) holatiga koʻra 3800 ga yaqin aholi va kam sonli polshaliklar ham istiqomat qiladi.

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Munitsipalitet nomi Albrecht ismidan olingan boʻlib, „Albrext qishlogʻi“ degan maʼnoni anglatadi[1]. 1322-yildagi tegishli manbalarga koʻra Teschen gersogligining bir qismi sifatida kelgan[2].

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albrechtice — Karvinádan taxminan 8 kilometr (5 mi) janubda va Ostravadan 15 km (9.3 mi) sharqdagi Moraviya-Sileziya viloyat etaklarida joylashgan. Munitsipalitetning shimoliy qismi Ostrava Basin past tekisligigacha choʻzilgan boʻlib munitsipalitet hududidan Stonávka daryosi ham oqib oʻtadi. Shuningdek munitsipalitet shimolda Stonava, sharqda Karvina, janubi-sharqda Chotebuz, janubda Chesky Těšín va Terlicko, janubi-gʻarbda Gavířov va gʻarbda Horní Sucha bilan chegaradosh. Maydoni 12,687788 km² boʻlib, dengiz sathidan-258 m balandlikda joylashgan[3].

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu yerning iqlimi oʻrtacha kontinental, yozi nisbatan issiq, qishi sovuq, bulutli va nam havo massasini hosil qiladi. Havo kechasi salqin, kunduzi issiq, yogʻingarchilik kam boʻlib, u yildan yilga oʻzgarib turadi[4].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq haqida birinchi qo'lyozma 1447-yilda Peter’s Pence (toʻgʻridan-toʻgʻri katolik cherkovlarga qilingan xayr-ehsonlar yoki toʻlovlar) roʻyxatida Teschen davlatidagi 50 ta cherkovlar orasida munitsipalitet Albrothsdorff nomi bilan qayd etilgan[5]. Siyosiy jihatdan qishloqni Teschen hokimyati boshqargan lekin, 1526-yildan boshlab Habsburg monarxiyasining bir qismiga aylantirilgan.

1540-yildan soʻng Teschen hokimyatida Protestant islohotlari hukmronlik qiladi va mahalliy katolik cherkovni Lutterlar tomonidan bosib olinadi. Cherkov (mintaqadagi ellikka yaqin binolardan biri sifatida) maxsus komissiya tomonidan tan olinadi va 1654-yil 26-martda Rim-katolik cherkovlar tarkibiga qaytariladi[2].

Avstriya imperiyasida 1848-yilgi inqiloblardan soʻng qayta tiklanish natijasida Avstriya Sileziyasida zamonaviy munitsipal boʻlinma joriy etiladi. Qishloq munitsipalitet sifatida 1880-yilda Freyshtadt siyosiy va huquqiy okrug aʼzosiga aylangan.

1880-1910-yillarda aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, munitsipalitet aholisi 1880-yilda 1070 kishidan, 1910-yilda 1335 kishiga oʻsgan. 1880-yilda aholining 96,9% chex tilida soʻzlashuvchilar, 33 yoki 31% nemis tilida soʻzlashuvchilar boʻlgan. Keyingi yillarda aholini roʻyxatga olishda polyak tilida soʻzlashuvchilar soni ortgan. 1890-yilda 97,9% dan 1910-yilda 99,5% gacha oʻsadi keyin nemis tilida soʻzlashuvchilar soni kamaydi (1890-yildagi 23 yoki 2,1% dan 1910-yilda 6 yoki 0,5% gacha). Din jihatidan 1910-yilda koʻpchilik Rim-katoliklari (899 yoki 67,3%), protestantizm (424 yoki 31,8%) va yahudiylar (11 yoki 0,8%) boʻlgan[6].

Birinchi jahon urush paytida, Polsha — Chexoslovakiya urushi va 1920-yildagi Cieszyn Silesiya shaharlari boʻlinishidan soʻng munitsipalitet Chexoslovakiya davlat tarkibiga kirgan. Myunxen kelishuvidan soʻng, 1938-yil oktyabr oyida Trans-Olza mintaqasi bilan birgalikda Polsha davlati tomonidan qoʻshib olinadi va maʼmuriy jihatdan Sileziya shahrining Frishtat okrugi tashkil etiladi. Keyin munitsipalitet Ikkinchi jahon urush boshida fashistlar Germaniyasi tomonidan anneksiya qilingan. Urushdan keyin munitsipalitet Chexoslovakiyaga qaytariladi[7].

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Munitsipalitetda kam sonli polshalik aholi umumiy aholining 15,7% ni tashkil qiladi[8]. Dastlabki aholini roʻyhatga olish malumotlariga koʻra 1869-yilda 1015 kishini tashkil etgan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
18691 015—    
18801 070+5.4%
18901 102+3.0%
19001 155+4.8%
19101 335+15.6%
19211 387+3.9%
19301 641+18.3%
19501 602−2.4%
19612 184+36.3%
19702 559+17.2%
19803 616+41.3%
19913 904+8.0%
20014 071+4.3%
20113 795−6.8%
20213 742−1.4%

Diqqatga sazovor joylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Munitsipalitetning eng muhim yodgorliklari — Avliyo Peter va Paul cherkovidir. Cherkov 1766-yilda barokko uslubida qurilgan boʻlib, bino asosan yogʻochdan bunyod etilgan[9].

Taniqli odamlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mrózek, Robert. Nazwy miejscowe dawnego Śląska Cieszyńskiego (pl). Katowice: University of Silesia in Katowice, 1984 — 130–131, 246 bet. 
  2. 2,0 2,1 „Historie obce“ (cs). Obec Albrechtice. Qaraldi: 2022-yil 6-fevral.
  3. „Albrextice (Karvina)“. Qaraldi: 3-may 2024-yil.
  4. „Албрехтице (Карвина)“. Qaraldi: 3-may 2024-yil.
  5. „Registrum denarii sancti Petri in archidiaconatu Opoliensi sub anno domini MCCCCXLVII per dominum Nicolaum Wolff decretorum doctorem, archidiaconum Opoliensem, ex commissione reverendi in Christo patris ac domini Conradi episcopi Wratislaviensis, sedis apostolice collectoris, collecti“. Zeitschrift des Vereins für Geschichte und Alterthum Schlesiens (nemischa). 27-jild. Breslau: H. Markgraf. 1893. 361–372-bet. Qaraldi: 6 February 2022.
  6. Piątkowski, Kazimierz. Stosunki narodowościowe w Księstwie Cieszyńskiem (pl). Cieszyn: Macierz Szkolna Księstwa Cieszyńskiego, 1918 — 273, 290 bet. 
  7. „Ustawa z dnia 27 października 1938 r. o podziale administracyjnym i tymczasowej organizacji administracji na obszarze Ziem Odzyskanych Śląska Cieszyńskiego“. Dziennik Ustaw Śląskich (polyakcha). 18/1938, poz. 35-jild. Katowice. 31 October 1938. Qaraldi: 1 July 2014.
  8. „Population Census 2021: Population by selected ethnicity“. Public database. Czech Statistical Office (2021-yil 27-mart).
  9. „Kostel sv. Petra a Pavla“ (cs). National Heritage Institute. Qaraldi: 2022-yil 6-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]