Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Frank

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Frank
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1982-yil 23-sentabr
Tavallud joyi Dushanbe, Tojikiston, SSSR
Boʻyi 1.77 m
Ampluasi Markaziy yarim himoyachi, himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997—1999 Sherif 0 (0)
1999—2000 FK Modling ? (?)
2000—2001 FK Vyurmula 14 (1)
2001—2003 VfB Lübeck ? (?)
2003—2005 Erfurt 38 (2)
2005—2006 SSKA Pomir ? (?)
2006 FC Rot-Weiß Erfurt 1 (0)
2006 FC Rot-Weiß Erfurt II 5 (0)
2006—2007 SSKA Pomir ? (?)
2007—2008 FC Schönberg 95 ? (?)
2008—2010 Barkchi ? (3)
2010 Istiqlol ? (1)
2011 Qizilqum 10 (0)
2011—2012 Todesfelde 13 (3)
2012 Istiqlol ? (1)
2012—2013 Todesfelde 6 (0)
2013—2014 Forverk ? (?)
2014—2015 Dornbrayte 42 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Aleksandr Aleksandrovich Frank (nemischa: Alexander Frank ; 1982-yil 23-sentyabr[1], Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR) — tojikistonlik-germaniyalik futbolchi, markaziy yarim himoyachi va himoyachi. Tojikiston kubogi chempioni va sovrindori, OFK prezidenti kubogi sohibi.

Aleksandr Frank bolaligida Avstriyaga, keyin esa otasi bilan Germaniyaga koʻchib oʻtgan. U „Sankt-Pauli“ klubi maktabida tahsil olgan. 15 yoshida „Sherif Tiraspol“ jamoasiga o‘tgan. Biroq asosiy tarkibda o‘ynamagan.

1999-yilda Frank Avstriyaning „Admira Vakker Mödling“ jamoasiga oʻtdi. Keyingi mavsumda Avstriyaning boshqa bir klubi — „Vurmla“ safidada harakat qildi. 2001-yildan Germaniyaning mahalliy darajadagi klublarida oʻynadi. Ulardan eng mashhuri „Rot-Vays“ (Erfurt) klubi hisoblanadi. Frank Shlezvig-Golshteynning „Vorverk“ klubi safida okrug chempionatida oʻynagan.

2000-yillarning oʻrtalarida Aleksandr Frank Tojikistonga koʻchib oʻtdi. Milliy chempionatning oʻrtamiyona klublari — Dushanbening „SSKA-Pomir“ va „Energetik“ jamoalarida oʻynadi. 2010-yilning yozida „Istiqlol“ klubiga ko‘chib o‘tdi. O‘sha mavsumda Tojikiston chempionati va kubogi sohibiga aylandi. Frank keyingi mavsumni Oʻzbekistonning „Qizilqum“ klubida oʻtkazdi[2]. 2011-yil yakunlariga koʻra mazkur futbolchi klub safida 10 ta oʻyinda maydonga tushgan (oʻyinlarning 6 tasini asosiy tarkibda boshlagan), raqiblar darvozasiga toʻp kiritmagan, 2 ta sariq kartochka olgan[3]. 2012-yilda „Istiqlol“ga qaytdi va OFK Prezidenti kubogi sohibiga aylandi. Shu yillar davomida Tojikiston chempionatidagi tanaffuslarda Frank Germaniyaning havaskor klublarida o‘ynadi.

2013-yilda „Istiqlol“ bilan shartnomasi yakunlangach, professional faoliyatini yakunladi.

Turmush qurgan. Oʻgʻli Ruslan (2007-yilda tugʻilgan).

Otasi — 1980-yillarda „SSKA Pomir“ klubi tarkibida harakat qilgan futbolchi Aleksandr Azimov (1961-yilda tugʻilgan).

  1. „Alexander Frank“. Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.
  2. „A.Frank“. Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.
  3. „Frank Aleksandr“. 2023-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.