Tojikiston Oliy ligasi
TFL-logo.png | |
Davlat | Tojikiston |
---|---|
Konfederatsiya | AFC |
Oʻtkazuvchi tashkilot | |
Futbol tuzilmasidagi oʻrni | 1 |
Tashkil etilgan | 1992 |
Jamoalar soni | 10 |
Pastki liga | Tojikiston Birinchi Ligasi |
Ichki kuboklar |
Tojikiston Kubogi Tojikiston Superkubogi |
Xalqaro musobaqalar | AFC Champions League Two |
Amaldagi chempion | Istiqlol |
Eng koʻp marta chempion | Istiqlol (13 ta sovrin) |
Toʻpurarlar |
Manuchehr Jalilov (128 gol) |
TV hamkorlar |
TFF Futbol, Varzish TV |
Veb-sayt |
tfl.tj fft.tj |
Joriy mavsum: Tojikiston Oliy Ligasi 2024 |
Futbol boʻyicha Tojikiston chempionati (tojikcha: Лигаи олии чемпионати Тоҷикистон) – Tojikistondagi asosiy futbol musobaqasi boʻlib, 1992-yildan beri oʻtkazib kelinmoqda. 2012-yildan boshlab turnirning asosiy boshqaruv organi funksiyalari oʻsha yili tashkil etilgan Tojikiston futbol ligasiga yuklatilgan[1]. Dushanbening „Istiqlol“ jamoasi amaldagi chempion hisoblanadi. Tojikiston Oliy ligasining oʻtmishdoshi 1937—1991-yillarda boʻlib oʻtgan Tojikiston SSR chempionati edi. Tojikiston futbol ligalari tizimidagi ikkinchi oliy liga Tojikiston Birinchi ligasidir. Mamlakatning uchinchi yirik futbol ligasi Tojikiston ikkinchi ligasidir. Undan keyin viloyat, tuman va shahar viloyat futbol ligalari turadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992-yilda SSSR parchalanganidan keyin Tojikiston oʻzining milliy chempionatini oʻtkaza boshladi.
OFK milliy ligalari jadvali
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil yakuniga koʻra, OFKga aʼzo mamlakatlar milliy ligalari jadvalida (reytingida) (UEFA koeffitsientlari jadvaliga oʻxshash) Tojikiston Oliy ligasi va umuman Tojikiston chempionati OFKga aʼzo 47 davlat orasida 12-oʻrinni egallab turibdi. Tojikiston chempionatining umumjamoa reytingida 12-oʻrinni egallashi Tojikiston Oliy ligasining bir ishtirokchisiga OChL guruh bosqichida kafolatlangan bittadan oʻrin va mamlakatning ikki klubiga OFK kubogi guruh bosqichida qatnashish huquqini beradi. (UEFA Yevropa ligasining Osiyodagi varianti).
OFK klublar musobaqalari reytingi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil yanvar holatiga[2].
Oʻrin | Mamlakat | Ball |
---|---|---|
1 | Saudiya Arabistoni | 100.00 |
2 | Janubiy Koreya | 95.462 |
3 | Yaponiya | 93.412 |
4 | Eron | 77.792 |
5 | Qatar | 75.131 |
6 | Oʻzbekiston | 64.712 |
7 | Xitoy | 59.948 |
8 | BAA | 52.588 |
9 | Tailand | 51,92 |
10 | Iordaniya | 46.131 |
11 | Gonkong | 40.925 |
12 | Tojikiston | 37.323 |
13 | Iroq | 35.223 |
14 | Vyetnam | 34.937 |
15 | Shimoliy Koreya | 32.286 |
16 | Turkmaniston | 27.871 |
17 | Hindiston | 25.29 |
18 | Livan | 23.618 |
19 | Filippin | 23.08 |
20 | Malayziya | 26.960 |
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Oltin | Kumush | Bronza |
---|---|---|---|
Istiqlol (Dushanbe) | 13 (2010, 2011, 2014, 2015, 2016, 2017, 2018, 2019, 2020, 2021b 2022б 2023б 2024) | 1 (2013) | 1 (2012) |
Regar-TadAZ (Tursunzoda) | 7 (2001, 2002, 2003, 2004, 2006, 2007, 2008) | 7 (1992, 2000, 2005, 2009, 2010, 2011, 2012) | 2 (2016, 2019) |
Xatlon (Bohtar) | 3 (1997, 2005, 2009) | 1 (2004) | 4 (1992, 2006, 2007, 2010) |
Varzob (Dushanbe) | 3 (1998, 1999, 2000) | ||
Pomir (Dushanbe) | 2 (1992, 1995) | 2 (1993, 1994) | |
Sitora (Dushanbe) | 2 (1993, 1994) | 1 (1996) | 1 (1995) |
Ravshan (Koʻlob) | 2 (2012, 2013) | 3 (1999, 2011, 2015) | |
Dinamo (Dushanbe) | 1 (1996) | ||
Xoʻjand (Xoʻjand) | 9 (1998, 2002, 2003, 2015, 2017, 2018, 2019, 2020, 2021) | 5 (1996, 1997, 2000, 2008, 2009) | |
Parvoz (Gʻafurov) | 2 (2007, 2008) | 3 (2003, 2004, 2005) | |
Xayr (Vahdat) | 1 (2014) | 1 (2013) | |
Istaravshan (Ura-Tube) | 1 (1995) | ||
Ranjbar (Vose) | 1 (1997) | ||
Xoʻjakarim (Gozimalik) | 1 (1999) | ||
Panjshir (Kolxozobod) | 1 (2001) | ||
Hima (Dushanbe) | 1 (2006) | ||
Xosilot (Farxor) | 1 (2016) | ||
Paxtakor (Proletarsk) | 2 (1993, 1994) | ||
CSKA (Dushanbe) | 3 (2017, 2020, 2021) | ||
SSKA-Pomir (Dushanbe) | 1 (2001) | ||
Saddam (Sarband) | 1 (1998) | ||
Farruh (Hisor) | 1 (2002) | ||
Daleron (Istaravshan) | 1 (2014) | ||
Koʻktosh (Rudakiy tumani) | 1 (2018) |
Barcha mavsumlarning eng yaxshi toʻpurarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Oʻyinchi | Jamoasi | Gollar soni |
---|---|---|---|
1992 | Umed Alidodov | Pomir | 11 |
1993 | Xolmurod Zardov | Pomir | 30 |
1994 | Davlat Sodiqov | Xulbuk | 26 |
1995 | Zokir Berdiqulov | Istarafshon | 42 |
1996 | Muxriddin Izzatulloyev | Ravshan | 35 |
1997 | Rustam Usmonov | Vaxsh | 21 |
1998 | Nazarshoh Rizomov | Saddam | 23 |
1999 | Oraz Nazarov | Varzob | 27 |
2000 | Mansur Xakimov | Xoʻjand | 28 |
2001 | Pirmurod Burxonov | Regar-TadAZ | 19 |
2002 | Jomixon Muxiddinov | Xoʻjand | 29 |
2003 | Osim Boboyev | Regar-TadAZ | 38 |
2004 | Suxrob Xamidov | Regar-TadAZ | 33 |
2005 | Axtam Hamroqulov | Vaxsh | 12 |
2006 | Fozil Sattorov | Tojiktelekom | 20 |
2007 | Suxrob Hamidov | Xima | 21 |
2008 | Noʻmonjon Hakimov | Parvoz | 30 |
2009 | Noʻmonjon Hakimov | Vaxsh | 15 |
2010 | Yusuf Robiyev | Istiqlol | 30 |
2011 | Yusuf Robiyev | Istiqlol | 32 |
2012 | Dilshod Vosiyev | Istiqlol | 24 |
2013 | Husayn Suhrobiy | Xayr/Istiqlol | 11 |
2014 | Dilshod Vosiyev | Istiqlol | 15 |
2015 | Manuchehr Jalilov | Istiqlol | 22 |
2016 | Manuchehr Jalilov | Istiqlol | 22 |
2017 | Dilshod Vosiyev | Istiqlol | 16 |
2018 | Sheriddin Boboev | Istiqlol | 12 |
2019 | Sheriddin Boboev | Istiqlol | 16 |
2020 | Ilhom Barotov | Istarafshon | 18 |
2021 | Manuchehr Jalilov | Istiqlol | 18 |
2022 | Manuchehr Jalilov | Istiqlol | 16 |
2023 | Alisher Jalilov | Istiqlol | 13 |
Homiylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992-yildan 2015-yilgacha Tojikiston chempionatida bosh homiy boʻlmagan. 2016-yilgi mavsumda chempionatning birinchi titul homiysi „Yovar“ savdo markazlari tarmogʻi boʻldi. 2017-yilgi mavsumdan boshlab Tojikistondagi koʻplab kompaniya, korxona va tashkilotlar (ham mahalliy, ham xorijiy) futbolga homiylik qilishni boshladi. Tojikiston chempionati homiylaridan biri Tojikiston Respublikasi hukumati boʻldi.
Mavsumlar | Asosiy homiylar |
---|---|
1992—2015 | |
2016 | „Yovar“ |
2017 | / „MegaFon Tojikiston“, „Loto Sport“, / „Coca Cola“ |
2018 | „Somon Air“[3], / „Coca Cola“, „Global lizing“ |
2019 | „Somon Air“, / „Coca Cola“, „Formula 55“, „Tcell“[4], „ProfiPrint“, „Huawei“ |
2020 | „Somon Air“, / „Coca Cola“, / „GazpromNeft“[5], „Rakhsh taksi“ |
Mavsumlar | Titul homiysi |
---|---|
1992—2015 | |
2016 | „Yovar“ |
2017 | / „MegaFon Tojikiston“ |
2018 | „Somon Air“ |
2019 | „Siema“ |
2020 | / „Coca Cola“[6] |
Yoritilishi va OAV
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tojikiston Oliy ligasining deyarli barcha oʻyinlarini ikkita mahalliy telekanal koʻrsatadi: „Futbol FFT.TJ“ va „SPORT Varzish“ sport kanallari. Bungacha Tojikiston chempionatining faqat markaziy oʻyinlarini mamlakatning bosh telekanali – „Tojikiston“ koʻrsatar edi. Bundan tashqari, MyCujoo saytida Tojikiston Oliy ligasining barcha oʻyinlari, Tojikiston Birinchi ligasining ayrim oʻyinlari, Tojikiston milliy terma jamoasi, boshqa yoshdagi jamoalarning oʻyinlari, mamlakat futzal oʻyinlari (sharhlovchisiz) translyatsiya qilinadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Общая информация“. Футбольная лига Таджикистана. Qaraldi: 30-noyabr 2020-yil.
- ↑ www.the-afc.com – AFC CLUB COMPETITIONS RANKING
- ↑ „Somon Eyr — Generalniy Sponsor Fft“. 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
- ↑ Tcell stala titulnim sponsorom Futbolnoy ligi Tadjikistana " The Asia Times – sobitiya v Azii i v mire: temi dnya, foto, video, infografika
- ↑ https://www.facebook.com/103842521095143/posts/135862694559792/
- ↑ „Coca-cola“ budet sponsirovat tadjikistanskix futbolistov – 08.04.2017, Sputnik Uzbekistan
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Official Website
- League at FIFA