Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Lavrik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Fedorovich Lavrik
Tavalludi 5-noyabr 1927-yil
Georgiyevkar, Tyajinsk tumani Achinsk okrugi, Sibir oʻlkasi, RSFSR, SSSR
Vafoti 28-may 2010-yil(2010-05-28)
(82 yoshda)
Тoshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Sohasi raqamlar nazariyasi
Ish joylari Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti
Taʼlimi Fargʻona davlat universiteti
Ilmiy darajasi Fizika-matematika fanlari doktori (1967-yil)
Ilmiy unvoni Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1989-yil)
Akademik rahbarlari Romanov Nikolay Pavlovich
Mukofotlari A. A. Markov mukofoti laureati (1974-yil)

Aleksandr Fedorovich Lavrik (1927-yil 5-noyabr – 2010-yil 28-may) – matematik-olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, A. A. Markov mukofoti laureati.

Aleksandr Lavrik 1927-yil 5-noyabrda Georgievka qishlogʻida (zamonaviy Kemerovo viloyati hududida) dunyoga kelgan.

Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan.[1]

1952-yilda Fargʻona pedagogika institutini „matematika fani oʻqituvchisi“ ixtisosligi boʻyicha tamomlab, Toshkentdagi maktabda oʻz mutaxassisligi boʻyicha faoliyatini boshlagan.

1957-1967-yillar oraligʻida Lavrik – Toshkent Oliy qoʻshma qurollar qoʻmondonlik bilim yurtida ishlagan.

  • Matematik-olim 1958-yilda „Nekotorie additivnie zadachi teorii chisel“ mavzusida nomzodlik ishini;
  • 1967-yilda esa „Funksionalnie i priblijennie funksionalnie uravneniya funksiy Dirixle“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
  • 1967-yilning avgust oyidan boshlab Toshkent temir yoʻl muhandislari institutining „Oliy matematika“ kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
  • Aleksandr Lavrik 1989-yildan – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi.
  • 2000-yildan esa Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi unvonini olgan.


Akademik Lavrik  2010-yil 28-mayda Toshkent shahrida vafot etgan, olim shahar markazidagi Botkin qabristoniga dafn etilgan[2].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr Lavrik faoliyati davomida raqamlar nazariyasi, funksiyalar nazariyasi, matematik tahlilga oid asosiy ishlar bilan shugʻullangan.

Dirixle funksiyalarining taqribiy funksional tenglamalarini oʻrganish usulini ishlab chiqqan.

Asimptotik qonunining elementar isbotida oddiy raqamlarning taqsim bahosini yetkazib bergan.

U mingyilliklar muammosi hisoblangan Riman gipotezasi, sonlar nazariyasiga oid qiyin masalalarni yechish ustida izlanishlar olib borgan.

Olim yuzdan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Uning rahbarligida 6 ta doktorlik va 10 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

Ijtimoiy hayotdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Muammolar kengashi aʼzosi, „Oʻzbek matematikasi“ jurnali tahririyati aʼzosi hamda Ilmiy darajalar berish boʻyicha ixtisoslashtirilgan kengashi aʼzosi hisoblangan.

Shuningdek, Lavrik Rossiyada muntazam ravishda oʻtkazilib kelingan „Raqamlar nazariyasining zamonaviy muammolari“ xalqaro konferensiyasi Dasturiy qoʻmitasining aʼzosi hamdir.

  • A. A. Markov mukofoti laureati (1974-yil) – „Priblijennie funksionalnie uravneniya dlya dzeta-funksiy“ nomli ishi uchun;
  • „Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ unvoni (1977-yil);
  • Faxriy temiryoʻlchi (1987)
  • Siyosiy (maxsus) pensioner (1993);
  • SSSR va Oʻzbekistonning 10 ta medali bilan taqdirlangan.
  1. „Подвиг народа“. 2010-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-yanvar.
  2. „Лаврик Александр Федорович“. 2022-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.