Aleksandr Middendorf
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Aleksandr Fedorovich Middendorf (1815.6.8, Peterburg - 1894.16.1, Xellenurme, Estoniya) — rus tabiat-shunosi va sayyoh. Peterburg Fanlar akademiyasi akademik (1850). Derpt (Tartu) universitetini tugatgan (1837). 1842-45 yillarda Shimoliy va Sharqiy Sibir hamda Uzoq Sharqqa sayohat qilgan. Middendorfning toʻplagan maʼlumotlari oʻsha davrda Sibirning tabiiytarixiy tavsifiga oid eng mukammal hisobot boʻlgan; ayniqsa, Sibirda abadiy muzloq yerlarning tarqalishi va oʻsimlik qoplamining zonal taqsimlanishi haqidagi xulosalari muhim hisoblangan. 1870-yilda Baraba dashtini tadqiq qilgan, 1877—78 yillarda Fargʻona vodiysini oʻrgangan. Middendorf nomiga Novaya Zemlya arxipelagidagi burun, Taymir yarim oroldagi qoʻltiq qoʻyilgan. Asosiy ilmiy ishlari: "Sibirning shimoli va sharqiga sayohat" va "Fargʻona vodiysi ocherklari" dir.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Leonov N. I., Aleksandr Fedorovich Middendorf, M., 1967.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |