Aleksandr Semerenko
Aleksandr Viktorovich Semerenko | |
---|---|
Tavalludi |
1958-yil 2-mart |
Vafoti | 1995-yil 1-yanvar |
Fuqaroligi | SSSR, Rossiya |
Mukofotlari | Rossiya Federatsiyasi Qahramoni unvoni |
Aleksandr Viktorovich Semerenko (1958-yil 2-mart, O‘zbekiston SSR Andijon viloyati Paxtaobod tumani Qo‘qonqishloq qishlog‘i — 1995-yil 1-yanvar, Rossiya) — rus askari, Shimoliy Kavkazdagi jangovar harakatlar ishtirokchisi, Rossiya Federatsiyasi Qahramoni[1], 129-motootish polki shtab boshligʻi oʻrinbosari, mayor[2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksandr Semerenko 1958-yil 2 martda O‘zbekiston SSR Andijon viloyati Paxtaobod tumani Qo‘qonqishloq qishlog‘ida tavallud topgan.
1980-yilda S. M. Kirov nomidagi Leningrad oliy harbiy qoʻmondonlik bilim yurtini tamomlagan. Xizmat faoliyatini 120-gvardiya msp 39 msd GSVG motooʻqotar vzvod komandiri sifatida boshlagan. Keyinchalik 45-motooʻqchilar diviziyasida xizmat koʻrsatgan. Semerenko vzvod komandiridan polk shtab boshlig‘ining o‘rinbosarigacha bo‘lgan 129-motoo‘qchilar polkida ham xizmat qilgan.
1994-yilning oxirida Checheniston Respublikasidagi polk tarkibiga joʻnab ketadi. Semerenko ushbu polk tarkibida Grozniyga bostirib kirish janglarida ishtirok etgan.
1994-yil 31-dekabrda polk temir yoʻl boʻylab oldinga harakatlanadi va sharqiy tomondan shahar ichiga kiradi, ammo polk vayronalar va oʻq otish qurollari, granata otishmalari bilan toʻxtatiladi. 2-mikrorayon hududida polk pistirmaga uchrab, yoʻli toʻsib qoʻyiladi va 31-dekabrdan 1-yanvarga oʻtar kechasi jangarilarning hujumlarini qaytarish mobaynida kuchli talofat koʻradi. Shundan soʻng, polk buyruq boʻyicha avval bosib olingan hudud tomon chekinadi. Mayor Semerenko har doim polkning old qismida harakat olib borgan[3], ammo bu safar u xizmat olib borayotgan polk harakatlari muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topadi. 1995-yil 1-yanvar kuni ertalab kassetali bomba polk joylashgan hududning bir qismiga tushadi. Kasseta parchalari koʻplab harbiy xizmatchilarning, shu jumladan, polk shtab boshligʻi oʻrinbosari mayor Aleksandr Semerenkoning ham oʻlimiga sabab boʻladi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 1995-yil 6-martdagi farmoni bilan harbiy burchini bajarishdagi jasorati va qahramonligi uchun mayor Aleksandr Viktorovich Semerenko vafotidan keyin Rossiya Federatsiyasi Qahramoni unvoni bilan taqdirlanadi.
Xotira
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Leningrad viloyati, Sertolovo shahridagi koʻchalardan biriga Aleksandr Viktorovich Semerenko nomi berilgan.