Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Tynyanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Tynyanov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksandr Nikolayevich Tynyanov
Tavallud sanasi 29-sentyabr 1967-yil
Tavallud joyi Qorday Jambul,Qozogʻiston SSR
Vafot sanasi 27-may 2004-yil(2004-05-27)
(36 yoshda)
Vafot joyi Moskva viloyati Rossiya
Boʻyi 172 m (564 ft 3 12 in)
Ampluasi Darvozabon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1985—1988 Sovet Ittifoqi Zarafshon 57
1989—1991 Sovet Ittifoqi Nurafshon 75
1992—1995 Oʻzbekiston Nurafshon 146 (-139)
1995 Rossiya Uralan-PLYUS
1996—2003 Rossiya Mehnat bayrogʻi 254 (-314)
2004 Rossiya Mehnat bayrogʻi
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Aleksandr Nikolayevich Tynyanov (1967-yil 29-sentyabrda tugʻilgan – 2004-yil 27-mayda vafot etgan) – Qozogʻistonda tugʻilgan rus millatiga mansub, oʻzbekistonlik va rossiyalik sobiq professional futbolchi, darvozabon ampulasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Professional faoliyatini 1985-yilda Navoiyning „Zarafshon“ klubida boshlagan. 1989-yilgi mavsumda Buxoroning Nurafshon jamoasi tarkibiga oʻtgan. 1995-yilgi Oʻzbekiston chempionati mavsumida 727 daqiqa davomida buxoroliklar klubi darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq boʻlgan va shu tariqa IFFHS reytingida dunyoning eng mahoratli darvozabonlari orasida 238-oʻringa koʻtarilgan[1]. 1996-yilgi mavsumda Rossiyaning Orexovo jamoasiga koʻchib oʻtgan.

2004-yil 27-may kuni ertalab Tynyanov, onasining soʻzlariga koʻra, yomon kayfiyatda boʻlgan va u jamoasining navbatdagi oʻyiniga borishni xohlamagan. Oshxonada tinmay chekdi, lekin shunga qaramay, oʻgʻli Aleksandr bilan birga jamoa tarkibiga qoʻshilgan va keyingi oʻyin uchun Shchelkovoga yoʻl olgan. Gorkiy shossesining 82-kilometrida Ojerelki qishlogʻi yaqinida jamoa futbolchilarini olib ketayotgan PAZ avtobusi bir necha tonna natriy siyanid[2] boʻlgan konteyner yukmashinasiga borib urilgan[3]. Avtohalokat natijasida klubning 5 nafar xodimi vafot etgan (bosh direktor Dmitriy Smirnov, bosh murabbiy Vadim Xnikin, jamoa rahbari Boris Pashkov, avtobus haydovchisi Aleksandr Mamontov, klub faxriysi, 1962-yilgi SSSR kubogi finalchisi Vasiliy Chavkin) va 4 nafar futbolchi: (Pavel Suxov, Aleksandr Tynyanov, Roman Busurin, Vladimir Tutikov)[4]. 2004-yil 29-mayda vafot etgan futbolchilar bilan xayrlashuv marosimi boʻlib oʻtgan. Znamya Truda stadionida sakkizta tobut qoʻyilgan[5].

Nurafshon Buxoro
  1. „Лучшие вратари мира“. 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-oktyabr.
  2. „Смерть не играет в футбол“. 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-oktyabr.
  3. „8 футболистов команды «Знамя Труда» погибли в ДТП“. 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-oktyabr.
  4. „«Знамя труда» (Орехово-Зуево)“. 2014-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-oktyabr.
  5. „ФК «Знамя Труда» (Орехово-Зуево). Случайность и Рок“. 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-oktyabr.