Aleksandr Vostrosablin
Aleksandr Pavlovich Vostrosablin (17 [29]-avgust, 1857-1921-yillar) — rus harbiy rahbari, general-leytenant. 1917-yilgi inqilobdan keyin Sovet hokimiyati tomoniga oʻtgan.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zodagonlardan boʻlgan. Aleksandr harbiy maktabini tugatgan (1877), Kerch qal’asi artilleriyasida xizmat qilgan, Ochakov (1905-1907) va Sevastopol qal’asi artilleriyasi (1907-1910) qoʻmondoni boʻlgan. 1910-yildan — Kushka qal’asi komendanti boʻlgan. 1914-yilda unga general-leytenant unvoni berilgan.
Maʼlumki[1] 1917-yilning kuzida A.P.Vostrosablin Kushka qal’asida ilgari Ashxobodda joylashgan, Zakaspiy oʻlkasi harbiy maʼmuriyatining oltin-valyuta fondini keyingi ogohlantirishgacha olish va xavfsiz yashirish toʻgʻrisida buyruq olgan va buni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.
1917-yil Oktabr inqilobidan keyin Sovet hukumati tomoniga oʻtgan. 1918-yil iyul-avgust oylarida Zakaspiy oʻlkasida boʻlib oʻtgan kontrrevolyutsion qoʻzgʻolon davrida qal’a harbiy kengashining raisi etib saylandi. A.P.Vostrosablin qoʻmondonligi ostidagi Kushka qal’asining kichik garnizoni 1918-yil 17-avgustda qal’ani qamal qilgan oq gvardiyachi Ashxobod otryadini magʻlub etdi va dushman qoʻliga katta miqdorda artilleriya snaryadlari, miltiq patronlari, qoʻl granatalari, pulemyotlar, miltiqlar va artilleriya qismlarini bermadi. Oxirgi evakuatsiya eshelonida Turkfront shtab-kvartirasining taklifiga binoan A.P.Vostrosablin Kushkadan Toshkentga joʻnab ketdi.
1918-yil noyabridan 1919-yilgacha Toshkentdagi qizil komandirlar kurslarini boshqargan.
Toshkentda K.P.Osipovning yanvar qoʻzgʻoloni bostirilgach, A.P.Vostrosablin Turkiston Respublikasi Inqilobiy Harbiy Sovetiga aʼzo etib saylangan.
1920-yilda Bokuda boʻlib oʻtgan Sharq xalqlari qurultoyiga delegat etib saylangan. 1920-yil avgust oyida Qizil-Arvat stansiyasi yaqinida temir yoʻl orqali kongressdan qaytayotganda, uni ehtimol, oq gvardiya xodimlari harakatlanayotgan poezdning vagonidan uloqtirishgan. Ushbu hodisa paytida olingan jarohatlar, bu voqeadan bir yil oʻtgach, uning oʻlimiga sabab boʻlgan[2].
Harbiy xizmatlari uchun A.P.Vostrosablin 1921-yilda Sovet hukumati nomidan Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan (RRHKning 1921-yil 343-son buyrugʻi).
A.P.Vostrosablin Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan. Mehnatkashlar deputatlari Toshkent shahar Kengashi qarori bilan 1961-yilda inqilob va fuqarolar urushining atoqli arbobi sifatida uning qabri ustiga obelisk oʻrnatilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Марк Штейнберг. Советский Туркменистан 1950-х: в поисках сокровищ.
- ↑ Каськов И. Я. Первый начальник училища.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Александр Павлович Востросаблин на сайте БСЭ[sayt ishlamaydi]
- История создания Курсов красных командиров в Ташкенте (1918—1920)[sayt ishlamaydi]