Kontent qismiga oʻtish

Aleksey Negmatov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aleksey Negmatov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1986-yil 4-yanvar
Tavallud joyi Tojikiston
Boʻyi 1.77 m
Ampluasi markaziy himoyachi, qanot himoyachisi
Vazni 72 kg
Mukofotlari Tojikistonning ikki karra chempionligini (3 karra)
Tojikiston kubogi (2 karra)
Xalqaro medallar

Aleksey Negmatov (tojikcha: Алексей Негматов; 1986-yil 4-yanvar, Tojikiston) — tojik futbolchisi, markaziy va qanot himoyachisi. Futbol boʻyicha Tojikiston terma jamoasi aʼzosi, Tojikiston Respublikasi sport ustasi.

Aleksey Negmatov 1986-yilning 4-yanvarida Tojikiston Respublikasida tavallud topgan.

Negmatov bolaligidan futbol bilan muntazam shugʻullana boshlagan. 200-yildan boshlab Tojikiston milliy terma jamoasi safida toʻp suradi.

Aleksey Negmatov 2006-yildan 2010-yilga qadar, asosan, Tojikistonning „Vaxsh“, Qoʻrgʻontepaning „Tojiktelekom“ hamda Oʻzbekistonning „Andijon“ klublarida faoliyat olib borgan.

Negmatov 2011—2012-yillarda „Regar-TadAZ“ terma jamoasi safini himoya qilgan, biroq 2013-yilning mart oyiga kelib, ushbu jamoani tark etadi[1] va Koʻlobning „Ravshan“ klubi nomidan oʻyinlarda maydonga tusha boshlaydi. Ushbu klub tarkibida Negmatov 2013-yilda Tojikiston chempionligini qoʻlga kiritadi.

2014-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Negmatov Tojikiston Oliy ligasida endigina oʻyinlarini boshlayotgan „Daleron-O‘roteppa“ jamoasi safiga qo‘shiladi va ushbu klub safida ham bir qancha yutuqlarga erishishga muvaffaq boʻladi[2].

Aleksey Negmatov futboldagi faoliyati davomida Tojikistonning ikki karra chempionligini qoʻlga kiritgan, shuningdek, uch karra Tojikiston kubogi sohibiga aylangan.

2004-yilda Tojikiston milliy terma jamoasi safida Negmatov oʻzining debyut oʻyinlarini olib borgan, oradan ikki yil oʻtgach, 2006-yilgi OFK Chaqiruv kubogi gʻolibiga aylangan. Shuningdek, terma jamoa safida Negmatov xalqaro musobaqalarda ham maydonga tushirilgan boʻlib, oʻzining milliy terma jamoadagi ilk oʻyinini 2012-yilda Filippinga qarshi kechgan bahsda oʻtkazgan.