Aleksey Tixonov
Alexei Tikhonov | |
---|---|
Tikhonov in 2005. | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Alexei Vladimirovich Tikhonov |
Davlat | Rossiya |
Oldin vakil boʻlgan |
Yaponiya Sovet Ittifoqi |
Tavalludi |
1-noyabr 1971-yil Samara, Russian SFSR, Soviet Union |
Boʻyi | 1.87 m (6 ft 1 1⁄2 in) |
Sherigi | Maria Petrova |
Oldingi sheriklari |
Yukiko Kawasaki (JPN) Irina Saifutdinova (URS) |
Oldingi murabbiylari | Ludmila Velikova |
Oldingi xoreograflari |
Sergei Petukhov Alexander Stepin |
Jamoasi | Yubileyny Sport Club |
Mashgʻulot oʻtkazgan joylari | Saint Petersburg |
Uchishni boshlagan | 1975 |
Yakunlagan | 2007 |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 2005 Worlds |
Qisqa dastur |
67.42 2004-05 Grand Prix Final |
Erkin dastur |
123.18 2006 Worlds |
Aleksey Vladimirovich Tixonov (ruscha: Алексей Владимирович Тихонов; 1971-yil 1-noyabrda tugʻilgan) — rossiyalik figurali uchuvchi. Sherigi Mariya Petrova bilan birga 2000-yilgi Jahon chempionligini qoʻlga kiritgan va ikki karra (1999, 2000) Yevropa chempioni boʻlgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tixonov oʻzining tugʻilgan shahri Samarada konkida uchishni boshlagan. Dastlab yakka holda konkida uchgan va 15 yarim yoshida juftlikda konkida uchishga oʻtgan[1].
Tixonov dastlab sherigi Irina Sayfutdinova bilan Sovet Ittifoqi vakili sifatida va keyin Rossiya uchun raqobatlashgan. Ular Sovet Ittifoqi uchun 1989-yilda figurali uchish boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritganlar.
Aleksey Tixonov 1998-yilning yozida Petrova bilan sheriklik qila boshlagan. Ular birgalikda 2000-yilda Jahon chempionligini qoʻlga kiritishgan. Juftlik2002-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida 6-oʻrinni, 2006-yilgi Olimpiadada esa 5-oʻrinni egallagan. Ular 2005-yilda jahon chempionatida kumush, 2006-yilda esa bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Petrova va Tixonov juftligi 2006-yilgi Jahon chempionatidan soʻng sportdan nafaqaga chiqishlarini eʼlon qilishgan, ammo Rossiya konkida uchish federatsiyasining iltimosiga koʻra, ular keyinchalik yana bir yil musobaqalarda qatnashishga rozi boʻlishgan. Yakuniy mavsumda juftlik Gran-pri finali tur[2]nirida 6-oʻrindan joy olgan va Petrovaning jarohati tufayli Jahon chempionatini tark etishgan.
Petrova va Tixonov juftligi Sankt-Peterburgda murabbiy Lyudmila Velikova qoʻl ostida mashgʻulot oʻtkazdilar. Musobaqadan chiqqandan soʻng, juftlik muz shoularida, shu jumladan Rossiya televideniye loyihalarida chiqish qilishgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tixonov Petrova bilan turmush qurgan va 2010-yil 1-fevralda uning birinchi farzandi, Polina ismli qizini dunyoga kelgan. Oila Moskva viloyatida istiqomat qiladi.
Dasturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Petrova bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
---|---|---|
1999 — 2000 |
|
|
1998 — 1999 |
|
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Petrova bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Natijalari | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Xalqaro | |||||||||
Musobaqa | 1998 — 99 | 1999 — 00 | 2000 — 01 | 2001 — 02 | 2002 — 03 | 2003 — 04 | 2004 — 05 | 2005 — 06 | 2006 — 07 |
Olympiada | 6ㅤ | 5ㅤ | |||||||
Jahon chempionati | 4ㅤ | 1ㅤ | 4ㅤ | 4ㅤ | 3ㅤ | 4ㅤ | 2ㅤ | 3ㅤ | WD |
Yevropa chempionati | 1ㅤ | 1 | 4ㅤ | 3ㅤ | 3ㅤ | 2ㅤ | 3ㅤ | 3ㅤ | 2ㅤ |
GP Bompard | 2ㅤ | 1ㅤ | |||||||
GP Cup of China | 3ㅤ | 1ㅤ | |||||||
GP Cup of Russia | 1ㅤ | 2ㅤ | 2ㅤ | 2ㅤ | |||||
GP NHK Trophy | 5ㅤ | 1ㅤ | 3ㅤ | 4ㅤ | 1ㅤ | 1ㅤ | |||
GP Skate America | 2ㅤ | ||||||||
GP Skate Canada | 2ㅤ | 3ㅤ | 2ㅤ | ||||||
GP Sparkassenㅤ | 1ㅤ | 1ㅤ | 2ㅤ | 3ㅤ | 4ㅤ | ||||
Goodwill Games | 3ㅤ | ||||||||
Milliy | |||||||||
Rossiya chemp. | 2ㅤ | 2ㅤ | 2ㅤ | 3ㅤ | 2ㅤ | 2ㅤ | 2ㅤ | 1 | |
WD: Musobaqani tark etgan |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kempf, Susanne. „Always Home At St. Petersburg“. Absolute Skating.
- ↑ Kozhina, Natalia. „Алексей Тихонов: «Дочку тренировать не буду»“ (ru). Argumenty i Fakty (2012-yil 16-noyabr).