Alexander Kadeikin
Alexander Kadeikin | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
4-oktyabr 1993-yil Elektrostal, Rossiya | ||
Boʻyi | 6 ft 3 in (191 cm) | ||
Ogʻirligi | 187 lb (85 kg; 13 st 5 lb) | ||
Pozitsiyasi | hujumchi | ||
Maydondagi joylashgan oʻrni | chap qanot | ||
KHL Sobiq jamoalar |
Salavat Yulaev Ufa Atlant Moscow Oblast SKA Saint Petersburg Lokomotiv Yaroslavl | ||
NHLga kirish drafti |
201-oʻrindagi tanlov, 2014 Detroit Red Wings | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2010—hozirgacha |
Alexander Kadeikin (talaffuzi: Aleksandr Kadeikin) (1993-yil 4-oktyabrda tugʻilgan) — rossiyalik professional xokkeychi. Alexander Kadeikin hozirda Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili „Salavat Yulaev Ufa“ xokkey jamoasida faoliyat olib bormoqda. Alexander Kadeikin „Detroit Red Wings“ xokkey klubi safiga 2014-yilgi NHL kirish loyihasida 201-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
Klublardagi oʻyin faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alexander Kadeikin 2010—2011-yilgi mavsumda MHLning „Mytischenskie Atlanty“ xokkey jamoasida ilk oʻyinini oʻtkazdi. Alexander Kadeikin ushbu klub safida 48 ta oʻyinda maydonga tushib, oʻnta gol urdi va 19 ta golga assistentlik qilishga muvaffaq boʻldi. 2011—2012-yilgi mavsumda, Alexander Kadeikin „Mytischenskie Atlanty“ klubi bilan ikkinchi yilida 60 ta oʻyinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 36 ta golga assistentlik qildi.
2012—2013-yilgi mavsumda Kadeikin „Atlant Moscow Oblast“ xokkey klubi safida ilk professional oʻyinini oʻtkazdi. Alexander Kadeikin klub safida ikkita oʻyinda maydonga tushdi. Alexander Kadeikin, shuningdek, klubning oʻsmirlar jamoasiida 26 oʻyinda maydonga tushib, 14 gol urdi va 29 golga assistentlik qildi[1].
2013—2014-yilgi mavsumda Alexander Kadeikin „Atlant Moscow Oblast“ xokkey klubi safida 54 ta o‘yinda 8 ta gol va 15 ta golli uzatmani qayd etib, jamoaning yetakchi to‘purariga aylandi[2][3].
Keyingi 2014—2015-yilgi mavsumda „Atlant“ bilan 9 oʻyinda 1 golli uzatmani qayd etganidan soʻng, Alexander Kadeikin 2014-yil 26-sentyabrda Anton Malyshev evaziga „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubiga almashtirildi[4].
2018-yilning 22-may kuni Alexander Kadeikin "Salavat Yulaev Ufa" xokkey klubi bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Alexander Kadeikin 2018—2019-yilgi mavsumda klub safida faoliyatini boshladi[5].
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alexander Kadeikin 2012-yilgi IIHF U-20 Osiyo Challenge kubogi musobaqasida „MHL Red Stars“ xokkey jamoasini himoya qildi. Ushbu jamoa musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritdi. Musobaqada Alexander Kadeikin toʻrtta oʻyinda toʻrtta gol va oʻnta golli uzatmani qayd etib, musobaqadagi toʻpurari Maxim Shalunov bilan tenglashib oldi[6].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
2010—2011 | Mytishchinskie Atlanty | MHL | 48 | 10 | 19 | 29 | 42 | 6 | 1 | 1 | 2 | 2 | ||
2011—2012 | Mytishchinskie Atlanty | MHL | 60 | 22 | 36 | 58 | 20 | 12 | 7 | 9 | 16 | 22 | ||
2012—2013 | Mytishchinskie Atlanty | MHL | 26 | 14 | 29 | 43 | 4 | 8 | 4 | 7 | 11 | 6 | ||
2012—2013 | Atlant Moscow Oblast | KHL | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
2013—2014 | Mytishchinskie Atlanty | MHL | 1 | 1 | 0 | 1 | 2 | 3 | 0 | 3 | 3 | 2 | ||
2013—2014 | Atlant Moscow Oblast | KHL | 54 | 8 | 15 | 23 | 24 | — | — | — | — | — | ||
2014—2015 | Atlant Moscow Oblast | KHL | 9 | 0 | 1 | 1 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2014—2015 | SKA Saint Petersburg | KHL | 20 | 4 | 4 | 8 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2015-—2016 | SKA Saint Petersburg | KHL | 48 | 5 | 6 | 11 | 14 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
2016—2017 | Lokomotiv Yaroslavl | KHL | 41 | 7 | 8 | 15 | 19 | 15 | 2 | 2 | 4 | 10 | ||
2017—2018 | Lokomotiv Yaroslavl | KHL | 44 | 7 | 3 | 10 | 14 | 5 | 0 | 2 | 2 | 2 | ||
2018—2019 | Salavat Yulaev Ufa | KHL | 56 | 6 | 14 | 20 | 43 | 16 | 1 | 3 | 4 | 10 | ||
2019—2020 | Salavat Yulaev Ufa | KHL | 59 | 11 | 18 | 29 | 49 | 6 | 0 | 3 | 3 | 6 | ||
2020—2021 | Salavat Yulaev Ufa | KHL | 54 | 13 | 21 | 34 | 22 | 9 | 2 | 5 | 7 | 2 | ||
2021—2022 | Salavat Yulaev Ufa | KHL | 43 | 11 | 20 | 31 | 18 | 11 | 5 | 4 | 9 | 4 | ||
KHL jami | 430 | 72 | 110 | 182 | 207 | 68 | 10 | 19 | 29 | 34 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Jamoa | Tadbir | Natija | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2012-yil | Rossiya | CCOA | 4 | 4 | 10 | 14 | 0 | ||
Jami | 4 | 4 | 10 | 14 | 0 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Alexander Kadeykin prospect profile“. redwingscentral.com (2013-yil 1-mart). 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-mart.
- ↑ „Red Wings use final two picks in NHL draft on forwards Axel Holmstrom, Alexander Kadeykin“. MLive.com (2014-yil 26-iyun). Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
- ↑ „Wings drafted for added depth up the middle“. Detroit Red Wings (2014-yil 28-iyun). Qaraldi: 2014-yil 28-iyun.
- ↑ „Alexander Kadeikin to SKA“ (Russian). SKA Saint Petersburg (2014-yil 26-sentyabr). 2014-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-sentyabr.
- ↑ „Salavat agree to terms with Kadeikin“ (Russian). Salavat Yulaev Ufa (2018-yil 22-may). Qaraldi: 2018-yil 22-may.
- ↑ „U20 Challenge Cup of Asia Scoring Leaders“. International Ice Hockey Federation (2012-yil 8-iyul). Qaraldi: 2012-yil 8-iyul.