SKA Saint Petersburg
SKA xokkey klubi (ruscha: Спортивный клуб СКА) (SKA Saint Petersburgh va tom maʼnoda Armiya sport klubi nomlari bilan ham ataladi)
Sankt-Peterburgda joylashgan rus professional xokkey klubi hisoblanadi. „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi Kontinental xokkey ligasining (KHL) Bobrov divizioni aʼzosidir. „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi 2014—2015-yilgi KHL mavsumigacha hech qachon liga finalida qatnashmagan edi. Oʻsha mavsumda „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi "Ak Bars Kazan" xokkey klubi magʻlub etib, Gagarin kubogini qoʻlga kiritdi. Shundan soʻng, „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi 2017-yilda Magnitogorskning „Metallurg Magnitogorsk“ xokkey jamoasini magʻlub etib, ikkinchi marta Gagarin kubogini qoʻlga kiritdi[1].
SKA Rossiya davlati nazoratidagi energetika giganti Gazpromga tegishli klub hisoblanadi. Klub oʻzining ulkan boyligidan deyarli barcha rus KHL elita xokkeychilarini 2018-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlariga tayyorlash uchun foydalangan edi. Rossiya milliy xokkey terma jamoasining 1994-yildan beri Olimpiadada oltin medallarini qoʻlga kiritish muvaffaqiyati „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubida tayyorlangan xokkeychilar faoliyati bilan bogʻliq edi[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub 1946-yilda oʻzining birinchi mavsumida ishtirok etish uchun Sovet chempionat ligasining yuqori darajadagi klubi sifatida tashkil etilgan. Klubning asl nomi Kirov LDO (Kirov Leningrad ofitserlar klubi) edi. Keyinchalik klub nomi 1953-yilda ODO (Tuman ofitserlari klubi), 1957-yilda SKVO (Harbiy okrug sport klubi) va 1959-yilda Sportivnyi Klub Armii (Armiya sport klubi)ga oʻzgartirildi. Sovet davrida „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi (CSKA Moscow klubi bilan birga) Mudofaa vazirligi sport klublari tizimiga tegishli edi.
Birinchi mavsumda oʻz guruhida oxirgi oʻrinni egallagan LDO keyingi mavsumni oʻtkazib yubordi va 1948-yilda chempionatning ikkinchi darajasiga tushirildi. Klub 1950—1951-yillarda Sovet A darajasiga qaytdi va 1991-yilgacha Sovet ligasining yuqori divizionida qoldi. Klubning oʻsha davrdagi eng yuqori yutuqlari 1968 va 1971-yillardagi Sovet kubogi finallari (birinchisi SSKA Moscow klubiga 7:1, ikkinchisi Moskvaning „Spartak Moscow“ klubiga 5:1 hisobida magʻlub boʻlgan) edi.
„SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi 2015-yilgi Gagarin kubogi pley-off bosqichining final oʻyinida KHL vakili "Ak Bars Kazan" xokkey klubini 4:1 hisobida magʻlub etdi. Shundan soʻng, klub birinchi Gagarin kubogini qoʻlga kiritishga muvafafq boʻldi. Ammo keyingi mavsumda „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi Gagarin kubogini saqlab qola olmadi. Chunki klub konferensiya finalida 2015—2016-yilgi Kontinental kubogi gʻolibi "CSKA Moscow" klubi tomonidan magʻlub etildi.
2016—2017-yilgi KHL mavsumida „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi arenasiga oʻrtacha 11 735 ta tomashabin tashrif buyurdi.
Mukofotlar va kuboklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gagarin kubogi
- Gʻolib (2): 2014—2015, 2016—2017
Kontinental kubogi
- Gʻolib (2): 2012—2013, 2017—2018
Opening kubogi
- Gʻolib (2): 2017—2018, 2018—2019
Sovet chempionati ligasi
- 3-oʻrin (2): 1970—1971, 1986—1987
Mavsum oldi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Spengler kubogi
- Gʻolib (4): 1970, 1971, 1977, 2010
- Gʻolib (1): 1983
- Gʻolib (6): 2008, 2015, 2017, 2018, 2019, 2021, 2022
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti kubogi
- Gʻolib (1): 2012
Muntazam mavsum natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Oʻyin | Gʻalaba | Qoʻshimcha vaqtlardagi gʻalaba | Magʻlubiyat | Qoʻshimcha vaqtlardagi magʻlubiyat | Ochko | Gollar
(safar oʻyinida) |
Gollar
(uy oʻyinida) |
Natija va diviziya | Toʻpurarlar | Pley-off oʻyinlari |
2008—2009 | 56 | 26 | 9 | 17 | 4 | 100 | 143 | 105 | 3rd, Tarasov | Maxim Sushinsky | Dastlabki bosqichda magʻlub boʻldi, 0-3 (Spartak Moscow) |
2009—2010 | 56 | 36 | 4 | 10 | 6 | 122 | 192 | 118 | 1st, Bobrov | Maxim Sushinsky | Konferensiya chorak finalida magʻlub boʻldi, 1-3 (Dinamo Riga) |
2010—2011 | 54 | 23 | 9 | 13 | 9 | 96 | 171 | 144 | 2nd, Bobrov | Mattias Weinhandl | Konferensiya yarim finalida magʻlub boʻldi, 3-4 (Atlant Moscow Oblast) |
2011—2012 | 54 | 32 | 6 | 11 | 5 | 113 | 205 | 130 | 1st, Bobrov | Tony Mårtensson | Konferensiya finalida magʻlub boʻldi, 0-4 (Dynamo Moscow) |
2012—2013 | 52 | 36 | 2 | 11 | 3 | 115 | 182 | 116 | 1st, Bobrov | Patrick Thoresen | Konferensiya finalida magʻlub boʻldi, 2-4 (Dynamo Moscow) |
2013—2014 | 53 | 33 | 1 | 13 | 4 | 105 | 174 | 113 | 2nd, Bobrov | Artemi Panarin | Konferensiya yarim finalida magʻlub boʻldi, 2-4 (Lokomotiv Yaroslavl) |
2014—2015 | 60 | 36 | 2 | 14 | 2 | 123 | 210 | 136 | 2nd, Bobrov | Artemi Panarin | Gagarin kubogi chempioni, 4-1 (Ak Bars Kazan) |
2015—2016 | 60 | 29 | 2 | 21 | 2 | 100 | 163 | 197 | 2nd, Bobrov | Vadim Shipachyov | Konferensiya finalida magʻlub boʻldi, 0-4 (CSKA Moscow) |
2016—2017 | 60 | 39 | 7 | 8 | 8 | 137 | 249 | 114 | 1st, Bobrov | Ilya Kovalchuk | Gagarin kubogi chempioni, 4-1 (Metallurg Magnitogorsk) |
2017—2018 | 56 | 40 | 3 | 9 | 2 | 138 | 227 | 97 | 1st, Bobrov | Ilya Kovalchuk | Konferensiya finalida magʻlub boʻldi, 2-4 (CSKA Moscow) |
2018—2019 | 62 | 45 | 4 | 5 | 8 | 103 | 209 | 80 | 1st, Bobrov | Nikita Gusev | Konferensiya finalida magʻlub boʻldi, 3-4 (CSKA Moscow) |
2019—2020 | 62 | 30 | 14 | 13 | 5 | 93 | 179 | 118 | 1st, Bobrov | Vladimir Tkachev | Konferensiya chorak finalida gʻolib boʻldi, 4-0 (HC Vityaz) COVID-19 pandemiyasi tufayli qolgan oʻyinlar oʻtkazilmadi. |
2020—2021 | 60 | 33 | 4 | 8 | 15 | 82 | 178 | 126 | 1st, Bobrov | Vladimir Tkachev | Konferensiya finalida magʻlub boʻldi, 2-4 (CSKA Moscow) |
2021—2022 | 48 | 25 | 6 | 11 | 6 | 68 | 146 | 98 | 1st, Bobrov | Andrei Kuzmenko | Konferensiya finalida magʻlub boʻldi, 3-4 (CSKA Moscow) |
Oʻyinchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joriy roʻyxat
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 2-avgust holatiga koʻra[3]„SKA Saint Petersburg team roster“ (Wayback Machine saytida 2012-06-03 sanasida arxivlangan). www.khl.ru. Retrieved 2 August 2022.</ref>;
KHLning barcha vaqtlardagi gollari boʻyicha yetakchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
|
|
Bosh murabbiylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Gennady Dmitriev (1946—1947)
- A. Semenov (1950—1951)
- Belyay Bekyashev (1951—1952)
- Georgy Lasin (1952—1953)
- Anatoly Viktorov (1953—1957)
- Evgeny Voronin (1957—1958)
- Aleksander Komarov (1958—1962)
- Yevgeni Babich (1962—1963)
- Nikolai Puchkov (1963—1973)
- Veniamin Alexandrov (1973—1974)
- Nikolai Puchkov (1974—1977)
- Oleg Sivkov (1977—1978)
- Nikolai Puchkov (1978)
- Valeri Shilov (1978—1979)
- Igor Romishevsky (1979—1981)
- Boris Mikhailov (1981—1984)
- Valeri Shilov (1984—1989)
- Gennadiy Tsygankov (1989—1991)
- / Igor Shurkov (1991—1992)
- Boris Mikhailov (1993—1998)
- Nikolai Maslov (1998—1999)
- Alexander Zhukov (1999)
- Rafael Ishmatov (1999—2002)
- Nikolai Puchkov (2002)
- Boris Mikhailov (2002—2005)
- Nikolai Solovyev (2005—2006)
- Sergei Cherkas (2006)
- Boris Mikhailov (2006)
- Yuri Leonov (2006—2007]])
- Barry Smith (2007—2010)
- Ivan Zanatta (2010)
- Václav Sýkora (2010—2011)
- Miloš Říha (2011—2012)
- Mikhail Kravets (2012)
- Jukka Jalonen (2012—2014)
- Vyacheslav Bykov (2014—2015)
- Andrei Nazarov (2015)
- Sergei Zubov (2015—2016)
- / Oļegs Znaroks (2016—2018)
- Ilya Vorobiev (2018—2019)
- Alexei Kudashov (2019—2020)
- Valeri Bragin (2020—2022)
- Roman Rotenberg (2022—)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Swiss club and Swedish league lead European attendance rankings“. INTERNATIONAL ICE HOCKEY FEDERATION. 2012-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-mart.
- ↑ „Геннадий Тимченко: СКА – это базовый клуб сборной России, и ЦСКА – тоже“. Sovetsky Sport. 2018-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-noyabr.
- ↑ „SKA Team Roster“. www.hc-ska.ru. Retrieved 2 August 2022.