Kontent qismiga oʻtish

Omsk

Koordinatalari: 54°58′0″N 73°23′0″E / 54.96667°N 73.38333°E / 54.96667; 73.38333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Omsk

ruscha: Омск
Skyline of Omsk
Omsk
Bayroq
Omsk
Gerb
54°58′0″N 73°23′0″E / 54.96667°N 73.38333°E / 54.96667; 73.38333
Mamlakat Rossiya
{{{mintaqa_turi}}} Omsk viloyati
Shahariy okrug Omsk
Hukumat
 • Hokim Sergey Shelest
Asos solingan 1716
Ilk eslatilishi 1716
Avvalgi nomlari Ombi
Maydon 577.9 km2 (223.1 kv mi)
Markazi balandligi 60 m
Aholisi
 (2024)
1 104 485
Zichligi 1985,7 kishi/km2
Konfessiyaviy tarkib pravoslavniylar, musulmonlar va boshqalar
Telefon kodi +7 3812
Pochta indeks(lar)i 644xxx
Omsk xaritada
Omsk
Omsk
Omsk xaritada
Omsk
Omsk

Omsk yoki OmbiRossiya Federatsiyasi Omsk viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Om daryosi Irtishga quyiladigan yerda. Yirik port va temir yoʻl tuguni. Aeroport bor. Aholisi 1104 ming kishi (2024). Omsk aholisining soni va maydoni jihatdan Sibirda 2-oʻrinda turadi (Novosibirskdan keyin). 7 shahar tumani bor. Mashinasozlik (qishloq xoʻjaligi mashinalari, elektr priborlari va boshqalar), neftni qayta ishlash va neft kimyosi (shina, texnik rezina, plastmassa va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish), yengil, oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoat korxonalari bor. 4 teatr, tarixiy va adabiyot, tasviriy sanʼat muzeylari mavjud. 1716-yilda Sibirni egallash uchun tayanch punkti sifatida qurilgan. 1782-yilgacha Om ostrogi, 1782—97 yillarda va 1804-yildan shahar. Sibir kazak qoʻshinlari (1808—1917), Gʻarbiy Sibir (1824—82) va Choʻl general-gubernatorliklari (1882—1917) markazi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil