Ali ibn Abi Ibrohim al-Ustrushaniy
Ali ibn Abi Ibrohim al-Ustrushaniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | 1054-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Muhaddis |
Ali ibn Abi Ibrohim al-Ustrushaniy (arabcha: علي بن أبي إبراهيم الأسروشني — Abu Asad Ali ibn Abi Ibrohim Muhammad al-Ustrushaniy) — Muhaddis. Ali ibn Abi Ibrohim al-Ustrushaniy Samarqandga qarashli Ustrushan qishlogʻida tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimni shu yerda olgan. Keyinchalik ilm talabida Samarqand shahriga borib faoliyatini davom ettirgan.
Shogirdi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ali ibn Abi Ibrohim al-Ustrushaniydan Abulhasan Ali ibn Abi Hasan ibn Ismoil as-Samarqandiy taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ali ibn Abi Ibrohim al-Ustrushaniy 446/1054 yili Samarqandda vafot etgan va Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.
Rivoyat qilgan hadis
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ali ibn Abi Ibrohim al-Ustrushaniy tomonidan rivoyat qilingan hadis Najmiddin Umar Nasafiyning „Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ kitobida shunday keltirilgan: U Abu Abdulloh Tohir ibn Muhammad ibn Ahmad al-Haddodiydan kuyidagi hadisni rivoyat qilgan: Abu Bakr as-Siddiq raziyallohu taolo anhu bunday deydilar: "Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Bandaning oyoqlari Alloh yoʻlida chang boʻldi deguncha, Alloh jahannamga ularni yondirmoqni harom qilur“- deb marhamat qilgan"[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Najmiddin Umar Nasafiy. Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand. — T.: "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2001. — B. 165.