Kontent qismiga oʻtish

Alibek sharsharasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alibek sharsharasi


Alibek sharsharasi[1]Karachay-Cherkesiya (Rossiya) janubidagi Alibek darasining gʻarbiy (yuqori) qismidagi Dombay togʻ tizmasining[2] eng katta va hush manzarali sharsharalardan biri. Sharsharaning balandligi 25 metrdan oshadi. Sharshara Djalovchatka daryosining Alibek muzligidan tushishi natijasida hosil boʻlgan[3]; suv tushadigan toshlar " qoʻchqor peshonasi" deb ataladi[4].

Alibek sharsharasi 20-asrda paydo boʻlgan. 1930-yillarida sharshara yoʻq edi, qoyali qirra esa har yili 1-1,5 metrga yuqorilab ketar edi, Alibek muzligi bilan qoplangan edi[5].

Mashhur sayohat ob'ekti hisoblanadi. Teberdin qoʻriqxonasi hududida joylashgan. Eng yaqin aholi punktlari: Alibek togʻ qarorgohi (soʻqmoq boʻylab 1,6 km), Dombay qishlogʻi (yoʻl boʻyida 6,5 km).