Kontent qismiga oʻtish

Alimurat Gaibov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Alimurat Gaipov
Tavalludi 10-yanvar, 1915-yil
Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 7-mart, 1985-yil
Leninobod viloyati, Tojikiston SSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi RossiyaSSSR bayrogʻi SSSR
Xizmatdagi yillari 1939-1945-yillar
Unvoni Andoza:SSSR, Serjant
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari

Alimurat Gaipov(1915-yil 10-yanvar, Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi – 1985-yil 7-mart, Leninobod viloyati, Tojikiston SSR, SSSR) – Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 109-razvedka rotasi vzvod komandiri yordamchisi, 4 karra „Shon-sharaf“ ordeni sohibi[1].

Alimurat Gaipov 1915-yil 10-yanvar kuni Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida dehqon oilasida tugʻilgan. Millati – oʻzbek. U oʻzi tugʻilgan qishlogʻidagi kolxozda brigadir boʻlib ishlagan. 1939-yil oktyabr oyida Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi safiga chaqirilgan. U Ikkinchi jahon urushi boshlangan payti, hozirgi Eron hududida joylashgan 83-Turkiston togʻ diviziyasida xizmat qilgan[2]. 1942-yil avgust oyidan shu diviziyaning 100-harbiy polkda pulemyotlar otryadida komandir boʻlib ishlagan. U 1944-yil sentyabr oyida 109-razvedkasida otryad komandiri, bundan soʻng esa razvedka komandiri yordamchisi lavozimiga tayinlandi. 1944-yil oktyabr oyida hozirgi Slovakiya davlati hududidagi qishloqlarda birida front chizigʻi boʻylab dushmanning harbiy taktikasini oʻrgandi hamda oʻrgangan maʼlumotlarini kundaligiga qayd etib bordi. Kerakli maʼlumotlarni toʻplab, vazifasini namunali bajarganligi uchun SSSR Oliy Kengashi Sovetining 1944-yil 6-noyabrdagi 38-qaroriga muvofiq, serjant Alimurat Gaipov 3-darajali „Shon-sharaf ordeni“ bilan taqdirlangan.

Alimurat Gaipov 1945-yil Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasiga aʼzo boʻldi. Alimurat Gaipov 1945-yil 1-yanvar kuni, batalyonda payti dushman qoʻshini batalyonga bostirib kiradi. Shu payt, Gaipov oʻzining askarlarini nazorat qilib, 7 ta dushman qoʻshinining yoʻq qildi. SSSR Oliy Kengashi Sovetining 1945-yil 8-yanvardagi farmoni bilan, „Qizil bayroq“ ordeni bilan mukofotlandi. Oradan 2 kun oʻtgach, unga 2-darajali „Shon-sharaf ordeni“ ordeni taqdim etildi. Alimurat Gaipov 1945-yil 27-yanvarda hozirgi Polsha davlati hududidagi qishloqlarida birida dushman qoʻshinlari bilan jang qiladi, oʻsha paytda u 6 ta dushmanini yoʻq qiladi. 1945-yil 21-apreldagi qarorga muvofiq, u „Qizil yulduz“ ordeni bilan mukofotlanadi.

U 1945-yil oktyabr oyida Samarqand viloyatiga demobilizatsiya qilindi. Shundan soʻng, kolxoz raisi lavozimida ishladi.

Alimurat Gaipov 1985-yil 7-martda Tojikiston SSRda vafot etdi.

  1. „Гаибов Алимурат Кавалер ордена Славы“. MinOboroni Rossiya. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.[sayt ishlamaydi]
  2. „Советский «Георгий»“. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.