Aliobod (Gʻazira) madrasasi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Madrasa | |
Aliobod (Gʻazira) madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Samarqand viloyati |
Shahar | Samarqand |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Olim shayx Azizon |
Homiylar | Olim shayx Azizon |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Aliobod (Gʻazira) madrasasi — Samarqand madrasasi. Aliobod (Gʻazira) madrasasi Katta Soʻgʻd tumanidagi eng mashhur madrasalardan biri boʻlgan[1]. Madrasa Yassaviya tariqatining taniqli vakili Olim shayx Azizon tomonidan bunyod etilgan. Uning mozori ham shu yerda joylashgan boʻlgan. Abu Tohirxoja uning avlodlaridan biri boʻlgan. Abu Tohirxoja Olim shayx Azizon bunyod ettirgan masjid, madrasa va xonaqoh Sheroz Kabud tumaniga qarashli Aliobod mavzesida ekanligini yozgan. Biroq uning tuzilishi, hujralar va talabalar soni toʻgʻrisida rus maʼmurlari taftish qilgan hujjatlarda maʼlumot koʻrsatilmagan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Ushbu madrasa uchun yer va koʻplab tegirmonlar vaqf qilingan. Madrasa uchun Polvonariq volosti Erta urugʻ (uruch) oqsoqolligi Qoraqismoq qishlogʻida 300 tanob yer — 180 rubl, Sariqipchoq qishlogʻida 800 tanob — 480 rubl, 2 tegirmon — 18 rubl, Navroʻztepa qishlogʻida 900 tanob — 540 rubl, Chuqur qishlogʻida 700 tanob yer — 420 rubl, 2 tegirmon — 18 rubl daromad olingan. Anhor tumanidagi Sazagʻan qishlogʻida Choʻnqaymish madrasasiga tegishli joylar bilan chegaradosh hududlarda ham mazkur madrasaning vaqf mulklari mavjud boʻlgan. Madrasaning 1882-1884-yillarda oid vaqf hujjatlari saqlanib qolgan. 1882—1884-yillarda madrasa uchun umumiy 2700 tanob- 1620 rubl, 4 tegirmon- 36 rublni tashkil etgan. 1882-yilda madrasa va vazifadorlar ehtiyojiga 1932 rubl qoldirilgan. Rus maʼmurlari 272 rubl soliq undiradi 1883—1884-yillarda ham 1932 rubl madrasa ehtiyoji uchun sarflangan va rus maʼmurlariga 272 rubl soliq undirilgan. Mazkur madrasa Samarqanddagi mashhur dargohlardan biri boʻlgan[2].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aliobod (Gʻazira) madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.