Alireza Firouzja
Alirizo Firuzja | |
---|---|
Firouzja Alireza 2023-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Eron |
Tavallud sanasi |
18-iyun 2003-yil Eron |
Sport | |
Qaysi sport | Shaxmat |
Alireza Firouzja (forscha: علیرضا فیروزجا talaffuzi [æliːɾeˈzɑː fiːɾuːzˈdʒɑː]; 2003-yil 18-iyunda Eronda tugʻilgan) – fransuz shaxmat grossmeysteri. Firouzja FIDE reytingida 2800 dan oshgan eng yosh oʻyinchi boʻlib, Magnus Karlsen oʻrnatgan avvalgi yangildi.
Shaxmat vunderkindi boʻlgan Firouzja 12 yoshida shaxmat boʻyicha Eron chempionatida gʻolib chiqdi. 14 yoshida grossmeyster unvonini qoʻlga kiritdi. 16 yoshida Firouzja ikkinchi eng yosh 2700 reytingli oʻyinchi boʻldi. 2019-yilda boʻlib oʻtgan tezkor shaxmat boʻyicha jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2021-yil noyabr oyida 18 yoshida u FIDE Grand turnirida gʻolib chiqdi va shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida shaxsiy natijalariga koʻra oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2021-yilda blits shaxmat boʻyicha jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2022-yilda Firouzja Grand Chess Tour gʻolibi boʻldi.
Firouzja 2019-yilda Eron shaxmat federatsiyasini mamlakatning isroillik shaxmatchilar bilan raqobatlashmaslik siyosati tufayli tark etgan edi[1]. U 2021-yilning oʻrtalariga qadar FIDE bayrogʻi ostida oʻynadi. Keyinchalik Fransiya fuqaroligini oldi va oʻzi yashab kelgan Fransiyasharafini himoya qila boshladi.
Bolaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alireza 2003-yil 18-iyunda Eronning Babol shahrida tugʻilgan[2]. Sakkiz yoshida shaxmat oʻynashni boshlagan[3]. Uning 1998-yilda tugʻilgan Muhammadriza ismli akasi ham shaxmat bilan shugʻullanadi[4].
Shaxmatdagi faoiliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015 – 2017-yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alireza 2015-yili Suwon shahrida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 12 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar orasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Kattalar oʻrtasidagi turnirlarda Firouzjaning eng dastlabki muvaffaqiyatlaridan biri 2015-yilda Gruziyada boʻlib oʻtgan 10-Nana Aleksandriya kubogida boʻldi. 15 nafar grossmeyster ishtirok etgan kuchli turnirda Firouzja grossmeyster Vugar Rasulov ustidan gʻalaba qozondi. Bundan tashqari toʻrtta grossmeyster bilan toʻrtta durang qayd etgan holda 9 tur natijasiga koʻra 5 ochko yigʻdi. Oʻsha yili boʻlib oʻtgan eng kuchli ochiq turnir – Qatar Masters 2015 musobaqasida qatnashdi. Turnirda grossmeysterlar Pavel Tregubov va Neelotpal Dasga qarshi gʻalabaga erishgan holda 4½/9 ball toʻpladi.
Oʻn ikki yoshida Firouzja 2016-yilgi Eron shaxmat chempionatida gʻolib boʻldi. 8/11 ball (+5−0=6) toʻplab, eng yaqin raqiblaridan anchagina farq bilan chempionlikni qoʻlga kiritdi[5].
Eron chempionatining yarim finaligacha boʻlgan ishtiroki, Qatar Masters va Eron chempionatlaridagi yuqori natijalar Firuzjaning 12 yosh 7 oyligida reytingini 2475 ga yetkazdi.
2016-yilning oxirida u Eron terma jamoasi safida Osiyo Millatlar Kubogida oʻynadi. 4-doskada oʻynagan Firouzja 5½/7 natijani qayd etdi. Oʻsha paytda dunyodagi eng yosh grossmeysteri Wei Yiga qarshi durang oʻynadi. Keyinchalik Firouzja baʼzi salbiy natijalarni boshdan kechirdi.
Firuzja 2019-yilda Fransiyaning Chartres shahriga koʻchib oʻtdi. 2021-yil iyul oyida Fransiya fuqaroligini oldi[6][7]. U hozirda (2023-yil may oyi holatiga koʻra) Parijda moda dizayni boʻyicha tahsil oladi[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ staff. „Iran's top chess player wants to 'change his nationality' over Israel ban“. www.timesofisrael.com. Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.
- ↑ Cmiel. „Im Fokus: Alireza Firouzja“ (German). ChessBase (2018-yil 12-iyun). 2020-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-sentyabr.
- ↑ Shah. „The story of Alireza Firouzja narrated by his father“. ChessBase India (2018-yil 9-sentyabr). — „Shah: So he started playing chess at eight? Hamidreza: Yes, yes.“. 2020-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-aprel.
- ↑ „Firouzja, Mohammadreza“. FIDE (2021-yil 12-dekabr). 2021-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-dekabr.
- ↑ Silver. „12-year-old Alireza Firouzja is Iranian Champion“. ChessBase (2016-yil 28-yanvar). 2017-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-mart.
- ↑ „Alireza Firouzja est désormais français ! – Alireza Firouzja is henceforth French !“. echecs.asso.fr. Qaraldi: 2021-yil 8-iyul.
- ↑ „Alireza Firouzja is now the French no. 1“. chess24.com. Qaraldi: 2021-yil 10-iyul.
- ↑ Firouzja: Take More Risks, Lose More Points! | R3 #SuperbetChessClassic (inglizcha), qaraldi: 2023-05-08
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shaxsiy sahifasi FIDE saytida
- Alireza Firouzja player profile at Chess.com
- Partiya Chessgames.com saytida(ingl.)
- Alireza Firouzja member profile at Lichess
- Shaxsiy sahifasi 365chess.com saytida(ingl.)
- Alireza Firouzja Twitter sahifasi