Alisher Navoiy masjidi (Hirot)
Masjid | |
Alisher Navoiy masjidi
| |
Mamlakat | Afgʻoniston |
Hudud | Hirot viloyati |
Shahar | Hirot |
Manzil | Guzargoh mavzei |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | davlat mulki |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Alisher Navoiy |
Homiylar | Alisher Navoiy |
Asosiy sana: XV asrning ikkinchi yarmi
| |
Maqomi | amaldagi |
Alisher Navoiy masjidi — Afgʻonistondagi Hirot viloyatining markazida joylashgan masjid. XV asrning ikkinchi yarmida Alisher Navoiy tashabbusi bilan, uning mablagʻlari evaziga bunyod etilgan. XIX—XX asrlarda masjid binosi jiddiy zarar koʻrgan. 2020-yilda asliga monand qilib qayta tiklangan. Masjid Hirotning Guzargoh mavzeidagi Guzargoh kompleksida joylashgan[1][2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixdan maʼlumki, Alisher Navoiy Temuriylar saltanati tarkibida boʻgan Xuroson hududida koʻplab bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgan. Saltanat poytaxti boʻlgan Hirot shahrida Alisher Navoiy boshchiligida, uning mablagʻlari evaziga mashhur inshootlardan: Ixlosiya va Nizomiya madrasalari, Xalosiya xonaqohi, Shifoiya shifoxonasi, jome masjidi yonida Dor ul hoffoz qorixonasi va boshqalar qurildi. Shular jumlasiga hozirda Alisher Navoiy nomi bilan ataluvchi masjid ham kiradi[1][2].
XIX—XX asrlarda Hirotda yuz bergan bir necha vayronagarchiliklar natijasida masjid binosiga jiddiy zarar yetgan[1][2].
2020-yilda Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining (TICA) Hirotdagi vakolatxonasi tashabbusi va moliyaviy koʻmagi bilan masjid asliga monand qilib qayta tiklangan[1]. Shu yilning oʻzida masjidning ochilish marosimi boʻlib oʻtib, unda Hirot viloyati va shahridagi davlat idora vakillari, shahar universiteti rektori va masjid joylashgan kompleksning rahbari ishtirok etishgan[2].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yilda masjidda amalga oshirilgan restavratsiya ishlari jarayonida, ustalar tomonidan gʻishtin va choʻbin bezaklar ishlangan[1][2].