Alisher Shayxov
Alisher Erkinovich Shayxov | |
---|---|
Алишер Эркинович Шайхов | |
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Alisher Shayxov 2006-yil 8-mart kuni Nyu-Dehli shahrida Ittifoqning Savdo va sanoat vaziri Shri Kamal Nath bilan uchrashuvi | |
Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi | |
Mansab davri 2006-yildan – 2017-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Vorisi | Adham Ikromov |
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vaziri | |
Mansab davri 2005-yildan – 2006-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Nasriddin Najimov |
Vorisi | Elyor Gʻaniyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
7-noyabr 1956-yil Boʻka tumani, Toshkent viloyati |
Otasi | Shayxov Erkin Turdiyevich |
Alisher Erkinovich Shayxov (1956-yil 7-noyabrda Toshkent viloyati Boʻka tumanida tugʻilgan) — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi (2006-2017)[1][2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1979-yil Toshkent universiteti Sharqshunoslik fakultetining tarix boʻlimini tamomlagan. Mutaxassisligi boʻyicha iqtisodchi. 1983-yil iqtisod fanlari nomzodi boʻlgan.
1979—1992 — Sharqshunoslik instituti Ilmiy Akademiyasining ilmiy xodimi, direktor oʻrinbosari.
1987—1988 — Misr Arab Respublikasi Qohira universitetida ish oʻrganuvchi.
1992—1993 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish istiqbollari va tahlili bosh boshqarmasi boshligʻi.
1993—1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi.
1994—1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi oʻrinbosari.
1995—1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish Departamenti boshligʻi.
1996—1998 — Oʻzbekiston Respublikasining Olmoniya va Avstriya Respublikasidagi elchisi, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti huzuridagi Oʻzbekiston missiyasi boshligʻi.
1998—2001 — Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchisi.
2001—2004 — Oʻzbekiston Respublikasining Benilyuks mamlakatlaridagi favqulodda va muxtor elchisi, Yevropa Ittifoqi va NATO huzuridagi Oʻzbekiston missiyasi boshligʻi.
2004—2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi.
2005—2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.
2006—2017 — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi[3].
2017—2019 — Oʻzbekistonning Birlashgan Qirollikdagi favqulodda va muxtor elchisi.[4][5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi — Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining tarjimai holi“. 2017-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-dekabr.
- ↑ arxiv nusxasi, 2017-12-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-12-25
- ↑ Savdo sanoat palatasi raisi, 2017-12-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-12-25
- ↑ Xorijiy davlatlardagi elchilar, 2018-05-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-05-08
- ↑ Oʻzbekiston elchisi qirolicha Yelizaveta IIga ishonch yorliqlarini topshirdi
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 7-noyabrda tugʻilganlar
- 1956-yilda tugʻilganlar
- Boʻka tumanida tugʻilganlar
- Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchilari
- Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchilari
- Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchilari
- Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchilari
- Oʻzbekistonning Niderlandlardagi elchilari
- Oʻzbekistonning Lyuksemburgdagi elchilari
- Oʻzbekistonning Birlashgan Qirollikdagi elchilari
- Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari