Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi
Maqomi | amalda |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 2006-yil |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Raisi | Davron Vahobov |
Rayosat raisi | Adham Ikromov[1] |
Vebsayti | chamber.uz |
Til(lar)i | Oʻzbek, Rus, Ingliz |
Oʻzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi – Oʻzbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ixtiyoriylik asosida birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkiloti[2].
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, palata aʼzolarining huquqlarini ifoda etish, himoya qilish, tadbirkorlarning chet ellik sheriklar bilan aloqalarini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish; boshqa davlatlarning savdo-sanoat palatalari va tadbirkorlar jamoat birlashmalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston ishlab chiqaruvchilari haqidagi axborotni, ish imkoniyatlariga oid maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan biznes-kataloglar eʼlon qilinishini tashkil etish; tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash; tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudlarda ifoda etish hamda himoya qilish; tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar taʼlimi va ularning malakasini oshirishdan iborat.
2023-yil 18-dekabrda Investitsiyalar vazirligining hududiy boʻlimlari tugatilib, funksiyalari savdo-sanoat palatasiga oʻtkazildi[3].
Raislari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2006—2017 – Alisher Shayxov
- 2017—2022 – Adham Ikromov
- 2022-yildan – Davron Vahobov