Kontent qismiga oʻtish

Alisher Sultonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sultonov Alisher Saidabbosovich
 O‘zbekiston Respublikasi prezidentining energetik xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi
 
Mansab davri
2022-yil 7-iyundan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
 O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri
 
Mansab davri
2019-yil 16-fevraldan – 2022-yil 7-iyungacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Joʻrabek Mirzamahmudov
 Oʻzbekneftgaz kompaniyasi boshqaruv raisi
 
Mansab davri
2015-yil 29-avgustdan – 2018-yil 13-sentabrgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Shokir Fayzullayev
Vorisi Bahrom Ashrafxonov
 Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti
 
Mansab davri
2017-yil 4-yanvardan – 2018-yil 10-yanvargacha
Oʻtmishdoshi Mirabror Usmonov
Vorisi Umid Ahmadjonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 29-noyabr 1967-yil (1967-11-29) (57 yosh)
Toshkent
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Alisher Saidabbosovich Sultonov — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi (2015-2018), Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti (2017-2018), vitse-prezidenti (2018-2019)[1][2], Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari (2017-2022), Energetika vaziri (2019-2022).

1984-1989 — A.F.Mojayskiy nomidagi harbiy muhandislik instituti talabasi

1989-1991 — Harbiy xizmatda

1991-1993 — Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Amaliy fizika instituti lazer pribor qurilish boʻlimi texnologi, xalqaro boʻlim texnologi, tijorat boʻlimi yetakchi muhandisi.

1993-1996 — Ijara, qoʻshma va xususiy korxonalar xodimlari va tadbirkorlarning Toshkent shahar kasaba uyushmasi tashkiliy boʻlim mudiri.

1996-1998 — „Oʻzneftniqaytaishlash“ aksiyadorlik kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi kontrakti bajarilishini taʼminlash boʻyicha direksiyasi asbob-uskunalarni tayyorlash va qabul qilish nazorati boʻyicha bosh mutaxassisi.

1998-1998 — „Oʻztashqineftgaz“ tashqi iqtisodiy aloqalar birlashmasi kontraktlar bajarilishi boʻyicha direksiyasi bosh mutaxassisi.

1998-1999 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi qurilishi boshqarmasi tayyorlangan asbob uskunalarni tekshiruvdan oʻtkazish va sotib olishni nazorat qilish, loyiha hujjatlarini qabul qilish guruhi bosh mutaxassisi.

1999-2002 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi qurilishi boshqarmasi boshligʻi.

2002-2013 — „Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi“ unitar shoʻba korxonasi direktori.

2013-2018 — Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi.

2013-2015 — „Oʻzbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasi Prognozlash, resurslar va investitsiya dasturlari bosh boshqarmasi boshligʻi — boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari.

2015-2018 — „Oʻzbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi[3].

2017-2018 — Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti.

2018-2019 — Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti.

2017-yildan 2022-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari[4].

2019-yil 16-fevraldan 2022-yil 7-iyungacha — Bosh vazir oʻrinbosari, Energetika vaziri.

2020-yildan 2022-yilgacha — Oʻzbekiston Rowing&Canoe federatsiyasi raisi[5].

2022-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi prezidentining energetik xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlamoqda.

Otasi — Sultanov Said-Abbas Saidaxmedovich — Fanlar akademiyasi ishlar boshqarmasi boshlig'i boʻlgan.

Oʻgʻli — Sultanov Saidafzal Alisherovich — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jinoyat-qidiruv bosh boshqarmasi tezkor vakili.

  1. arxiv nusxasi, 2018-02-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-01-24
  2. MOQ tarkbi saylandi
  3. Alisher Sultonov „Oʻzbekneftgaz“ rahbarligidan ketdi
  4. Alisher Sultonov bosh vazir oʻrinbosari etib
  5. https://m.kun.uz/news/2020/09/05/alisher-sultonov-rowingcanoe-federatsiyasi-raisi-lavozimiga-saylandi