All of the Stars
„All of the Stars“ | |
---|---|
Ed Sheeran qoʻshigʻi | |
„The Fault in Our Stars (Music from the Motion Picture) va x (Deluxe physical edition)“ albomidan | |
Yozib olingan | 2014-yil |
Davomiyligi | 3:54 |
Leybl | Atlantic |
Matn muallif(lar)i | |
Prodyuser(lar) | Johnny McDaid |
Klipi | |
"All of the Stars" YouTubeda |
All of the Stars – ingliz qoʻshiqchisi va qoʻshiqnavisi Ed Sheeranning qoʻshigʻi. Tarona 2014-yilda suratga olingan „Yulduzlar aybdormi“ filmida saundtrek sifatida ishlatilib, „The Fault in Our Stars (Music from the Motion Picture)“ saundtrek albomining birinchi treki boʻlgan[1]. Shuningdek, Sheeranning „x“ (2014) nomli ikkinchi studiyaviy albomiga ham bonus trek sifatida kiritilgan.
Sheeranning taʼkidlashicha, qoʻshiq „butun film syujetidan ilhomlanilgan, shunchaki qaygʻuli, ammo odamlarni kayfiyatini biroz koʻtarishni xohlaydi“[2]. Filmda saraton kasalligiga chalingan bir oʻsmir bolaning boshqa bir saraton kasaliga chalingan qizga oshiq boʻlgani va oʻlim qarshisida sevgining ahamiyati haqida soʻz boradi[3].
2014-yilda Sheeran qoʻshiqchi Christina Grimmiega qoʻshilib, „The Voice“ loyihasining 6-mavsumi finalida ushbu qoʻshiqni ijro etgan[4].
Klipi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻshiq uchun ishlangan musiqiy videoning premyerasi 2014-yil 9-may kuni Ed Sheeranning YouTube kanalida boʻlib oʻtgan[5]. Videoda filmdan yangi kadrlar yoʻq edi, biroq unda muxlislar tomonidan yuborilgan „Hammasi goʻzal“, „Sen yuk emassan“ kabi dalda beruvchi xabarlar mavjud edi[6].
Koverlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jackie Evancho 2015-yil avgust oyida qoʻshiqning kover versiyasi va unga ishlangan videoni chiqargan[7][8].
Chartlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chart (2014) | Oʻrin |
---|---|
Kanada (Canadian Hot 100)[9] | 67 |
Fransiya (SNEP)[10] | 130 |
Olmoniya (Official German Charts)[11] | 66 |
Irlandiya (IRMA)[12] | 29 |
Shotlandiya (Scottish Singles and Albums Charts)[13] | 31 |
Birlashgan Qirollik (UK Singles)[14] | 46 |
AQSh (Bubbling Under Hot 100 Singles)[15] | 13 |
AQSh (Digital Song Sales)[16] | 49 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „iTunes – Music – The Fault in Our Stars (Music from the Motion Picture) by Various Artists“. iTunes (2014-yil 19-may). Qaraldi: 2014-yil 11-iyun.
- ↑ Schillaci, Sophie. „Ed Sheeranʼs Fault in Our Stars Song 'Means So Much' to Author John Green“, The Hollywood Reporter, 14 May 2014, accessed 21 August 2015
- ↑ Berman, Eliza. „How The Fault in Our Stars Dramatically Improves the 'Sick Flick'“, Slate.com, 5 June 2014, 21 August 2015
- ↑ „Ed Sheeran and Christina Grimmie – All of the Stars (The Voice Highlight)“. YouTube (2014-yil 29-avgust). Qaraldi: 2019-yil 19-aprel.
- ↑ „Ed Sheeran – All Of The Stars [Official Video – YouTube“]. YouTube. Qaraldi: 2015-yil 19-yanvar.
- ↑ Kritselis. „Ed Sheeran's 'The Fault in Our Stars' song is exactly what the soundtrack needed“. Bustle.com. Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
- ↑ Evancho, Jackie. „All of the Stars“, Sony Music Entertainment, 21 August 2015
- ↑ „All of the Stars“, Amazon.com, 21 August 2015 ASIN B013XBYSE6
- ↑ "Ed Sheeran Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2014-yil 28-iyul.
- ↑ "Ed Sheeran – All of the Stars" (fransuzcha). Les classement single. Qaraldi: 2014-yil 31-avgust.
- ↑ "Ed Sheeran – All of the Stars" (olmoncha). GfK Entertainment Charts. Qaraldi: 2014-yil 28-iyul.
- ↑ "Irish-charts.com – Discography Ed Sheeran". Irish Singles Chart. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
- ↑ "Official Scottish Singles Sales Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2014-yil 28-iyul.
- ↑ "Ed Sheeran: Artist Chart History". Official Charts Company. Qaraldi: 2014-yil 28-iyul.
- ↑ "Ed Sheeran Chart History (Bubbling Under Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2014-yil 28-iyul.
- ↑ "Ed Sheeran Chart History (Digital Song Sales)". Billboard. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.