Almandin
Qiyofa
Almandin — granatlar guruhiga mansub mineral. Qattiqligi 7-7,5. S.ogʻ. 3,8-4,3. Rangi qizil, toʻq qizil. Shisha-simon va yogʻsimon, yaltiroq. Almandin slyudali slaneslarda, granitlarda, granitli pegmatitlarda uchraydi. Markaziy Osiyoda Almandin pegmatitlar ichidan topilgan. Juda yaltiroq, shaffof Almandin qimmatbaho tosh hisoblanib, zargarlik buyumlari yasashda ishlatiladi. Bunday Almandin baʼzan yoqut deb ataladi. Almandinning nuqsonli turlari abraziv material sifatida ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |