Alparslan Kuytul
Alparslan Kuytul (20- avgust 1965; Adana, Turkiya),Furqon harakatining ma’naviy yo‘lboshchisidir.
1980-yillardagi faoliyatlari izidan 1994-yili "Furqon ta’lim va xizmat vaqfi"ga (Furkan Eğitim ve Hizmet Vakfı) asos soldi. Hozirda Furqon vaqfi Turkiya umumida 35 dan ortiq shaharlarda, shuningdek xorijiy mamalakatlarda ham faol xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alparslan Kuytul 1965-yili Adananing 45 km janubidagi Karatash shaharchasida dunyoga keldi. 1991-yili Chukurova universiteti arxitektura-muhandislik fakultetining qurilish muhandisligi bo‘limini bitirdi.
1993-1997-yillar orasida Misrning al-Azhar universiteti Shariat fakultetining Islom huquqi bo‘limida tahsil oldi. 1997-yili al-Azhar universitetini tamomladi. Al-Azhar universitetida o‘qib yurgan yillarda Furqon ta’lim va xizmat vaqfini (1994) tashkil qildi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- http://www.furkanvakfi.net
- http://www.tvfurkan.com (Wayback Machine saytida 2015-07-15 sanasida arxivlangan)
- http://www.islamidersler.com (Wayback Machine saytida 2020-11-01 sanasida arxivlangan)
- http://www.furkannesli.com
- http://www.alparslankuytul.com