Amangeldi (tuman)
| ||
tuman | ||
---|---|---|
Tarkibida | Qoʻstanay viloyati | |
Maʼmuriy markazi | Amangeldi | |
Asos solingan sanasi | 1928-yil | |
Akim | Tavkenov Jansultan Qoʻnirtaevich | |
Aholi (2010) | 16,894 [1] | |
Zichligi | 0,75 kishi./km² | |
Millatlar tarkibi |
Qozoqlar - 97,77% Ruslar - 1,02% boshqalari - 1,21% [1][2] | |
Dinlar tarkibi | Musulmonlar, Xristianlar | |
Maydoni | 22,6 ming km² | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Telefon kodi | +7 71440 [3] | |
Avtomobil raqami kodi | P, 10 | |
Rasmiy sayti | http://amangeldy.kostanay.gov.kz/ | |
Xaritada | ||
50°11′5″N 65°11′13″E / 50.18472°N 65.18694°E |
Amangeldi tumani — Qoʻstanoy viloyatining janubi-sharqida joylashgan tuman. Maydoni 22,6 ming km2. Aholisi 16,894 kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 0,75 kishidan toʻgʻri keladi (2010). Batpaqqara tumani nomi bilan 1928-yili tashkil topgan. 1936-yili unga xalq qahramoni Amangeldi nimi berildi. Tumanning maʼmuriy markazi — Amangeldi qishlogʻi.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Janubi-shrqidan Jilanshiqturme (mutlaq balandligi 250 – 300 m) choʻqqisi, Aygʻirjal (300 – 350 m) va Qirgʻish togʻlarining shimoliy qoyalari (500 m) mavjud. Gʻarbiy tarafining ancha qismini „Torgʻay qoʻlati“ deb nomlanuvchi qadimgi vodiyning sharqiy qoyalari tashkil qiladi. U sharqiy tarafidan Sarioʻzen, Torgʻay, Jilanshiq daryolarining vodiylari bilan kesishadi. Foylali qazilmalari: qoʻngʻir koʻmir, temir koni, boksit va qurilish materiallari. Tuman hududini Qoʻstanoy — Amangeldi, Amangeldi — Orqaliq, Orqaliq — Yesil avtomobil yoʻllari, Orqaliq — Yesil temir yoʻlining janubiy qismi bosib oʻtadi. Tumanda tabiiy suv kanallaridan Torgʻay, Tasti, Qarinsaldi, Uli Jilanshiq, Qabirgʻa, Qabirgʻa, Baygʻabil, Simtas, Qarasu, Moyildi, Sarioʻzen, Jaldama kabi koʻllar va daryolar ham mavjud. Umumiy avtomabil yoʻllarining uzunligi 806 km, shulardan 262 km asfalt yoʻllar.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi keskin kontinenttal, qishi sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati 16 — 22 °C, iyulniki 22 — 24 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 250 – 350 mm.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)[1][2]:
- qozoqlar — 16 517 kishi (97,77 %)
- ruslar — 173 kishi (1,02 %)
- boshqalari — 204 kishi (1,21 %)
- Umumiy — 16 894 kishi (100,00 %)
Hududiy boʻlinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Amangeldi qishlogʻi
- Qumkeshu qishlogʻi
- Baygʻabilqishlogʻi
- Urpek qishlogʻi
- Tasti qishlogʻi
- Esir qishlogʻi
- Amantogʻay qishlogʻi
- Qabirgʻa qishlogʻi
- Qorasuv qishlogʻi
- Qarinsaldi qishlogʻi
- Stepnyak qishlogʻi
- Ushtoʻgʻay qishlogʻi
- Aqsay qishlogʻi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года
- ↑ 2,0 2,1 Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
- ↑ Qoʻstanay viloyatining telefon kodlari
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tumanning rasmiy sayti(Wayback Machine saytida 2010-09-26 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2010-09-26 sanasida arxivlangan)