Jitiqara (tuman)
| ||
tuman | ||
---|---|---|
Tarkibida | Qoʻstanoy viloyati | |
Maʼmuriy markazi | Jitiqara shahri | |
Asos solingan sanasi | 1928-yil | |
Akim | Uteshov Meyram Oʻljabayevich | |
Rasmiy tillar | qozoq, rus | |
Aholi (2010) | 51,15 ming | |
Zichligi | 7 kishi./km² | |
Millatlar tarkibi |
qozoqlar — 40,23% ruslar — 37,34% ukrainlar — 11,04% olmonlar — 3,20% tatarlar — 2,52% beloruslar — 2,19% boshqirdlar — 0,69 [1][2] | |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Pochta indeksi | 110702-110718[3]. | |
Avtomobil raqami kodi | P, 10 | |
Rasmiy sayti | http://zhitikara.kostanay.gov.kz/ | |
Xaritada | ||
52°0′0″N 61°0′0″E / 52.00000°N 61.00000°E |
Jitiqara tumani- Qoʻstanoy viloyatining gʻarbiy tomonida joylashgan. Maydoni 7,3 ming km²ni tashkil etadi. Aholisi 2010-yilgi maʼlumotlarga koʻra 51,15 ming kishini tashkil etadi. Tuman markazi – Jitiqara shahri hisoblanadi.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi keskin kontinental, yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 °C, iyulniki 20 °C atrofida boʻladi. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori hsarqdan gʻarbga tomon 250 mm-dan 350 mm-gacha oʻzgaradi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman aholisi 2010-yilgi maʼlumot boʻyicha 51,15 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km² -ga 8 kisidan toʻgʻri keladi. Aholisining 68 %-i shaharda va shahar uslubidagi qishloqlarda istiqomat qilishadi (Jitiqara shahri va Prigorodniy qishlogʻi). Katta qishloqlari: Toqtarov, Chaykovskoe, Turgenevka, Miqtikoʻl, Milyutinka, Jaltirkoʻl, v.h. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)[1][2]:
- qozoqlar – 20 555 kishi (40,23 %)
- ruslar – 19 076 kishi (37,34 %)
- ukrainlar – 5 639 kishi (11,04 %)
- olmonlar – 1 635 kishi (3,20 %)
- tatarlar – 1 285 kishi (2,52 %)
- beloruslar – 1 119 kishi (2,19 %)
- boshqirdlar – 355 kishi (0,69 %)
- moldavanlar – 205 kishi (0,40 %)
- chechenlar – 136 kishi (0,27 %)
- koreyslar – 122 kishi (0,24 %)
- mordvalar – 112 kishi (0,22 %)
- ozarbayjonlar – 108 kishi (0,21 %)
- boshqalari – 742 kishi (1,45 %)
- Umumiy – 51 089 kishi (100,00 %)
Korxonalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sanoati „Kostanayasbest“ aksionerlik jamoati, davlat „Jitiqara jilu energetikaliq kompaniyasi“ gʻaznachilik korxonasi, „Buludov“ xususiy korxonasi, shuningdek non, sut zavodlari, v.h. korxonalari faoliyat yuritmoqda. Jitiqara tumanining qishloq xoʻjaligiga foydalanadigan yeri 440,5 ming ga, shulardan haydalgan eri 259,2 ming ga, yaylovlari 180,0 ming ga (2000).
Ijtimoiy soha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda 30 ta maktab, 1 madaniyat uyi, 2 ta kutubxona, 1 tuman kasalxonasi, 18 feldsher-akusherlik, 6 shifokor-ambulatoriyalik punktlar faolayt yuritadi. iqtisodiy-ijtimoiy aloqalari Qoʻstanoy – Jitiqara temir yoʻli bilan va Qoʻstanoy – Jitiqara, Jitiqara – Zabelovka, Jitiqara – Volgogradskoe – Jaltirkoʻl avtomobil yoʻllari orqali amalga oshiriladi.[4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года
- ↑ 2,0 2,1 Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ Qozoq Ensiklopediyasi, 4 tom 3 boʻlіm
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tumanning rasmiy sayti
- shahar va tumanning axborot portali (Wayback Machine saytida 2013-01-17 sanasida arxivlangan)